15:03 (02.11.2023)

1344

Endokrinolog nima uchun dorilarni choy bilan ichish mumkin emasligi haqida gapirdi

Dori yoki vitaminlarni choy bilan qabul qilish xavfli boʼlishi va sogʼliq bilan bogʼliq muammolarga olib kelishi mumkin. Bu haqda endokrinolog “Gazeta.Ru” bilan suhbatida aytib oʼtdi.

Mutaxassisning fikriga koʼra, choy tarkibidagi koʼp miqdorda boʼladigan tanin moddasi oshqozon-ichak traktida muvozanat buzilishiga olib kelishi mumkin. Bu choy ichgandan keyin ogʼriqqa sabab boʼladi. Choy tanadan suvni tezroq chiqib ketishiga sabab boʼladi, shuning uchun chanqoqni qondirish uchun choy koʼp ichilsa, sogʼliq yomonlashishi mumkin. Choyda mavjud boʼlgan kofein esa uyqu bilan bogʼliq muammolarga olib kelishi mumkin.

Vitaminlar koʼpincha choy bilan ichiladi va bu, ekspertning taʼkidlashicha, ularning samaradorligini pasaytiradi, chunki tanin ular bilan reaktsiyaga kirishib, erimaydigan birikmalar masalan, soʼrilishi juda qiyin boʼlgan temir qoʼshimchalari hosil qiladi. Shu bilan birga, choy antidepressantlarning taʼsirini kuchaytiradi va bu haddan tashqari hayajonlanishga olib kelishi mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech