09:02 (03.11.2023)

1329

O‘zbekiston-Fransiya biznes forumi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Fransiya biznes forumi doirasida ikki mamlakat o‘rtasida turli sohalarda hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan qator uchrashuvlar tashkillashtirildi.

Xususan, forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A.Inoyatov hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi  direktori A.Azizovlar bio- va onkologik preparatlarni shartnoma asosida ishlab chiqish va ishlab chiqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi “Boehringer Ingelheim” kompaniyasining Fransiyadagi prezidenti Kristian Vijsen bilan muzokaralar olib bordilar.

Yurtimiz farmatsevtika vakillari jahonning ilg‘or biofarmasevtika kompaniyalaridan biri bo‘lgan “Boehringer Ingelheim” kompaniyasida ilmiy tadqiqot amaliyotlarini o‘tkazish, shuningdek, respirator, yurak-qon tomir va onkologik xastaliklar, Parkinson kasalligi, OIV, tromboemboliyalar, syerebrovasksulyar kasallik, qandli diabet va gepatitni davolashga mo‘ljallangan innovasion dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mazkur kompaniya regional rahbariyati bilan mahalliylashtirish imkoniyatlarini chuqur o‘rganishga qilishga kelishib olindi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech