Yangiliklar

not found

Butunlay yo'qolgan kasalliklar

Deyarli unutilgan kasalliklarning ko'plari hali ham mavjud: vabo, moxov, tif. Shunga qaramay, aksariyat odamlar ba`zi infektsiyalar ustidan to'liq yoki deyarli to'liq g'alaba qozonilganligi haqida bilishmaydi. Chechak O`tmishda ana shu kasallikdan o`rtacha 10 ta bemordan 3 tasi vafot etgan. Omon qolganlarning terisida ko'pincha chandiqlar qolib ketgan va ba`zilari ko'r bo`lib qolgan. XVIII asrda Yevropada bu kasallik yiliga 400 mingga yaqin odamni o‘ldirgan. Chechak isitma, zaiflik, bosh, bel va qorindagi og'riqlar bilan boshlanib, kasallikning 2-3 kunida yuz va qo'llarda, keyinchalik badanda toshmalar paydo bo'lgan. Unga qarshi birinchi dozadan samarali bo`lgan arzon vaktsina borligi sababli, chechak juda tez va onson yengildi. Kasallikning alomatlari yaqqol ko`rinadigan bo`lgani uchun bemorlarni darhol izolyatsiya qilish imkonini berdi. Chechakni yo'q qilish kampaniyasi 1968 yilda boshlangan va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti 1980 yilda kasallik butunlay yo'qolganini e'lon qildi. Qoramollar vabosi Bu kasallikning qo'zg'atuvchisi qizamiq virusining "yaqin qarindoshi" bo'lgan ortovirus edi. 1980-yillarda Afrikadagi so'nggi yirik epidemiya 2 milliard dollarlik zarar keltirdi.Qoramollarni emlash orqali kasallikni yo'q qilish bo'yicha global dastur 1994 yilda boshlangan va 2010 yilda qoramol vabosi butunlay yo`qolganligi e'lon qilingan. Bu infektsiya odamlarga ta'sir qilmadi. Shunchaki ommaviy emlash kasalliklarni qaytarib bo'lmaydigan darajada yo'q qilishi mumkinligini yana bir misolidir.  Uyqu kasalligi 1919 yildan 1926 yilgacha Yevropa va Shimoliy Amerikada letargik ensefalit epidemiyasi tarqaldi. O'shandan beri bu kasallik boshqa umuman uchramagan. Uning qo'zg'atuvchisi hali ham aniqlanmagan.Kasallik kuchli isitma, bosh og'rig'i, letargiya (holsizlanish, o'ta charchash), katatoniya (harakatsizlik), kechasi uyg'oq bo`lib va kunduzi esa, aksincha, uzoq vaqt davomida uxlash bilan namoyon bo'ldi. Og'ir holatlarda bemorlar komaga tushib vafot etdilar. Omon qolganlarning 60% parkinsonizm rivojlandi.Olimlar kasallikning sababi "ispan grippi" virusi bo'lishi mumkinligini taxmin qilishdi - og'ir pandemiyaga sabab bo'lgan maxsus shtamm, bu ensefalit tarqalishi bilan bir vaqtga to'g'ri keldi.  Ingliz teri (terlash) Ingliz terlash - bu Angliya va Yevropada, asosan, 15-asr oxiridan 16-asrning o'rtalariga qadar keng tarqalgan noodatiy kasallikdir. Kasallik Rossiyada ham sodir bo'lgan. Uning tarqalishi boshqa epidemiyalarga o'xshamas edi: kasallik ko'pincha qishloq aholisiga ta'sir qildi, epidemiyalar uzoq davom etmadi. Kasallikning sababi noma'lumligicha qolmoqda, unga xantavirus sabab bo'lgan degan tahminlar bor. Kasallik kuchli titroq, qattiq bosh aylanishi, bo'yin va bo'g'imlarda og'riqlar bilan boshlanib, 1-3 soatdan keyin terlash, isitma, ongning xiralashishi, chidab bo'lmas uyquchanlikni keltirib chiqargan. Bemorlarda o'lim darajasi yuqori edi.16-asrdan keyin kasallik juda kam uchraydi. 1907 yildan keyin G'arbiy Yevropada ingliz terlash bilan kasallanish holatlari qayd etilmagan.

  • 20 Iyul, 11:32
  • Batafsil
not found

Olimlar: miya chayqalishi bolalarning IQ darajasiga ta'sir qilmaydi

Har qanday bolalik jarohati va ayniqsa, bosh jarohati ota-onalarni keyinchalik qanday ta`sir ko`rsatishi bilan qo'rqitadi. Pediatrics tibbiyot jurnalida chop etilgan yangi tadqiqot tashvishlangan kattalarni biroz tinchlantirishi mumkin. Kanada va Qo'shma Shtatlardagi bolalar kasalxonalaridagi tez tibbiy yordam bo'limiga tashriflar natijasida, olimlar bolalarda miya chayqalishi IQ va aqlga klinik jihatdan ahamiyatli ta'sir ko'rsatmasligini aniqlashdi. Tadqiqotda 8 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan amerikalik va kanadalik bolalar - miya chayqalishi bo'lgan 566 bola va ortopedik jarohat bilan kelib tushkan 300 ta bola o`rganib chiqildi. "Shubhasiz, miya chayqalishining bolalarga ta'siri katta tashvish tug'diradi va eng katta savollardan biri bu bolaning umumiy intellektual faoliyatiga ta'siri" deydi Kalgari Psixologiya kafedrasi professori doktor Keyt Yeyts. Kanada va Amerika Qo'shma Shtatlaridan bemorlarning birlashishi pediatriya tadqiqotiga katta namuna hajmini berdi va  Edmonton, Monreal, Vankuver, Ottava, Atlanta, Yuta va Ogayo universitetlari hamda Kalgaridagi Mount Royal universitetidan qatnashgan tadqiqotchilarga keng doiradagi demografik va klinik xususiyatlarga ega bo'lgan bemorlarni sinovdan o'tkazish imkoniyatini berdi. "Biz ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni, bemorning jinsini, jarohatning og'irligini, miya chayqalishi tarixini va jarohat vaqtida ongni yo'qotish bo`lgan yoki bo`lmaganligini hisobga oldik", deydi Yeyts. “Bu omillarning hech biri muhim emas ekan. Umuman olganda, miya chayqalishi past IQ bilan bog'liq emas".

  • 19 Iyul, 12:06
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech