12:22 (18.07.2023)

3266

Zig'ir yog'ining foydali xususiyatlari

Yog' zig'ir urug'idan sovuq presslash orqali olinadi. Shuning uchun moy shifobaxsh xususiyatlarini saqlab qoladi va dorivor maqsadlarda foydalanish mumkin.

Zig'ir  yog'i tarkibida omega-3, omega-6, omega-9, A, B1, B2, B3, B4, B6, B9, E (xolin), K, F vitaminlari, kaliy, fosfor, magniy, temir, sink, fitosterollar, lesitin, beta-karotin mavjud.

U quyidagi foydali dorivor xususiyatlarga ega:

- xolesterin kamaytirishga, qon suyultirishga va  tomirlarining elastikligini oshirishga yordam beradi;

- insonning ovqat hazm qilish tizimining ishini normallashtiradi;

- tananing barcha hujayralariga erkin radikallarning ta'sirini bloklaydigan antioksidantlarni o'z ichiga oladi;

- ayollarda gormonal fonni normallashtiradi, predmenstrual sindromni yumshatadi;

- o'pka va bronxlar kasalliklarini, asab tizimi kasalliklarini kompleks davolash va oldini olishda qo'llaniladi.Kosmetologiyada zig'ir yog'i vitaminlarning yuqori miqdori va yoshartiruvchi, yumshatuvchi, bakteritsid xususiyatlari tufayli teri va sochlar uchun niqoblarga qo`shiladi.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Zig'ir yog'i pankreatit va oshqozon osti bezi va jigar, xolelitiyoz va urolitiyoz, qon kasalliklari, allergiya bilan bog'liq muammolari borlarga tavsiya qilinmaydi. Zig'ir urug'ida fitoestrogenlarning miqdori baland bo`lgani sababli, ulardan foydalanish endometrioz, gipoterioz, giperterioz kabi kasalliklarda cheklanishi kerak.

Zig'ir yog'ini qanday iste`mol qilinadi

Kuniga 1 osh qoshiq kifoya qiladi. Hohlasangiz o`zini iching, yoki salatlarga va bo`tqalarga aralashtiring. Qovurish uchun hech qachon zig'ir yog'ini ishlatmang: to'yinmagan yog'li kislotalar harorat ta'sirida parchalanadi va kanserogenga aylanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech