Yangiliklar

not found

Dorixonada inyeksion va infuzion dori vositalarini tayyorlashga qanday talablar qo'yilgan?

"Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga muvofiq, dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlash dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlash uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, inyeksion va infuzion dori vositalarini tayyorlashga quyidagi talablar qo'yilgan: • Tayyorlangan inyeksion va infuzion eritmalar ko‘rinadigan mexanik aralashmalardan holi, steril, barqaror bo‘lishi, pirogenlik sinoviga bardoshli bo‘lishi kerak. • Inyeksion va infuzion eritmalar aseptik (steril) sharoitlarda inyeksiyalar uchun ishlatiladigan suvda og‘irlik-hajm usulida tayyorlanadi. • Bir ish joyida tarkibida turli nomdagi dori vositalari yoki bir nomdagi turli konsentratsiyalardagi dori vositalari bo‘lgan bir necha inyeksion va infuzion eritmalarni bir vaqtning o‘zida tayyorlash taqiqlanadi. • Inyeksion va infuzion eritmalarni ularning tarkibiga kiruvchi dori vositalarining kimyoviy jihatdan bir-biriga mosligi, sterilizatsiya texnologiyasi va rejimi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmaganda, shuningdek farmakopeya maqolasida, umumiy farmakopeya maqolasida belgilangan sifatni nazorat qilish usullari bo‘lmaganda yoxud sifatni nazorat qilish sohasidagi hujjat bo‘lmaganda tayyorlash taqiqlanadi. • Inyeksion va infuzion eritmalar qo‘llanilishi ruxsat etilgan filtrlash materiallaridan (gigroskopik paxta, doka, kamdan-kam hollarda — shoyi, kaprondan) foydalangan holda filtrlanadi. Eritmani filtrlash uni steril tiqinlar bilan berkitiladigan, tayyorlab qo‘yilgan steril flakonlarga bir vaqtning o‘zida quyib chiqqan holda amalga oshiriladi. • Inyeksion va infuzion eritmalarni tayyorlash boshlanishidan to sterilizatsiyalashgacha bo‘lgan vaqt oralig‘i 3 soatdan oshmasligi lozim. • Inyeksion va infuzion eritmalar ushbu Nizomning 1-ilovasidagi 1-jadvalda ko‘rsatilgan sterilizatsiya rejimlari talablariga muvofiq sterilizatsiya qilinadi. • 1 litrdan ko‘p hajmli eritmalarni sterilizatsiya qilishga hamda inyeksion va infuzion eritmalarni qaytadan sterilizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. • Sterilizatsiya jarayoni butun solinadigan hajmning samarali sterilizatsiya qilinishini ta’minlashi kerak. • Sterilizatsiya termik usullarining parametrlari va samaradorligini nazorat qilish nazorat-o‘lchov priborlari, kimyoviy va biologik testlar yordamida amalga oshiriladi.

  • 3 Oktyabr, 15:07
  • Batafsil
not found

SSV: Yurtimizda tuberkulyoz kasalligiga bor-yoʼgʼi 70 daqiqada aniq tashxis qoʼyilmoqda

Davlatimiz rahbarining tegishli farmoni bilan tasdiqlangan “Oʼzbekiston — 2030” strategiyasidan aholi salomatligini taʼminlash bilan bogʼliq qator ustuvor maqsadlar oʼrin olgan. Shulardan biri — tuberkulyoz xastaligiga taalluqli. Belgilanishicha, yurtimizda tuberkulyozdan kasallanish koʼrsatkichini har 100 ming aholiga nisbatan hozirgi 34 nafardan keskin kamaytirish rejalashtirilgan. Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulьmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Nargiza Parpieva shu yoʼnalishdagi amaliy ishlar va ulardan kutilayotgan natijalar haqida maʼlumot berdi: — Bu sohaning isloh qilinishi natijasida soʼngi 10 yil ichida qariyb 170 ming nafar inson hayoti saqlab qolindi, — deydi mutaxassis. — Davlat dasturlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishi natijasida tuberkulyoz bilan kasallanish koʼrsatkichini 2010 yilga nisbatan 43 foizga, oʼlim koʼrsatkichini esa 84 foizga kamaytirishga erishildi. Davolash samaradorligi esa 91,2 foizga yetkazildi. Oxirgi ikki yilda JSST tavsiyalari asosida ftiziatriya boʼyicha barcha klinik koʼrsatmalar yangilandi, jami 1530 nafar mutaxassis qayta tayyorgarlikdan oʼtdi. Bundan tashqari, tuberkulyoz kasalligi tarqalishining oldini olish uchun har yili yangi tugʼilgan chaqaloqlarning 97 foizi emlanmoqda. Hozir tuberkulyozni aniqlash boʼyicha tuman, shahar, tumanlararo, viloyat va markaziy laboratoriyalardan iborat 5 bosqichli zamonaviy tizim ishlab turibdi. Xastalik profilaktikasi, diagnostikasi va muolajasi uchun zarur barcha dori vositalari davlat tomonidan bepul taʼminlanmoqda va bunga ajratilayotgan mablagʼlar hajmi yildan yil oshirilyapti. Yana bir muhim yangilik: avvallari yurtimizda tuberkulyozni aniqlash uchun 3-4 oylab vaqt talab etilardi. Hozirgi kunda esa bu kasallikka genno-molekulyar usuli orqali bor-yoʼgʼi 70 daqiqa ichida aniq tashxis qoʼyilmoqda. Аyni paytda yurtimiz boʼyicha 97 ta PZR laboratoriyasi faoliyat koʼrsatmoqda, ulardan 40 tasi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida joylashgan. Ilgʼor operatsiya usullari joriy etilishi, samarali dori-darmonlar qoʼllanilishi natijasida tuberkulyozning turgʼun shakli bilan kasallangan bemorlarni davolash muddati ham 2 yildan 6-9 oyga qisqardi. Prezidentimizning tegishli qarori asosida tasdiqlangan alohida dastur hamda tuberkulyoz kasalligi va pulьmonologiya xizmatlarini rivojlantirishning maqsadli koʼrsatkichlariga koʼra: 2023-2026 yillarda ushbu maqsadlar uchun davlat byudjetidan 255 million dollar, xalqaro donorlar hisobidan 17 million dollar mablagʼ ajratish koʼzda tutilgan. Oʼzbekistonning 14 ta maʼmuriy hududida “Oʼpka salomatligi” koʼchma mobil brigadalari tashkil etilib, chekka va olis manzillarda yashovchi aholini bepul tibbiy koʼrikdan oʼtkazish yoʼlga qoʼyilmoqda. Maxsus mikroavtobuslar zamonaviy PZR, mobil rentgen, spirometrik, elektrokardiografik uskunalar bilan jihozlanib, ular yordamida mamlakatimizning chekka hududlari aholisini bepul tibbiy koʼrikdan oʼtkazish amaliyoti joriy etiladi.

  • 3 Oktyabr, 09:04
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech