14:42 (25.04.2024)

251

Qanday kasalliklarda uqalash muolajasi mumkin emas?

Massaj mushaklar zoʼriqishini qoldirib, ularning tonusini oshiradi, tomirlar boʼylab qon va limfalar harakatini tezlashtiradi, yurak ishini yengillashtiradi.

Massaj paytida qon tarkibida gemoglobin, eritrotsit va leykotsitlar miqdori koʼpayadi, organizmdagi keraksiz mineral tuzlar chiqib ketishi tezlashadi. Massaj boʼgʼim paylarini mustahkamlaydi, ularning harakatchanligini oshiradi.

Massaj harakati yordamida bosh ogʼrigʼini toʼxtatish, sellyulit(yogʼ toʼplanishi)ning oldini olish, shuningdek koʼpgina xastaliklardan davo topish mumkin.

Аmmo quyidagi xolatlarda massaj olish mumkin emas:

- tana harorati yuqori boʼlganda;
- onkologik kasalliklarda;
- venalarning varikoz kengayishida;
- operatsiyadan keyingi dastlabki oylarda;
- infarkt va insulьtdan soʼng (1 oy ichida);
- teri xastaliklari va shikastlanishlarida.

Shuni unutmaslik kerakki, massajda limfa tugunlari bor joylar – chov sohasi, qoʼltiq osti, tizza taqimi, boʼyin (uyqu arteriyasi sohasi va qalqonsimon bez), qorin sohasi avaylab uqalanadi, chunki bu nuqtalarda nerv uchlari koʼp toʼplanadi.

Qandli diabet, gipertoniya, OITS, sil kasalliklariga chalingan bemorlar uchun ham massaj olishda cheklovlar mavjud.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech