11:15 (06.01.2024)

561

Bolalar va yoshlar oʻrtasida semizlikni 30 foizga qisqartirish rejalashtirilmoqda

“Aholi salomatligi — 2030” strategiyasi koʻra, maktabgacha va maktab taʼlim tizimida sogʻlom ovqatlanishni taʼminlash, bunda bolalar va yoshlar oʻrtasida semizlikni 30 foizga qisqartirish rejalashtirilgan.

- Aholi orasida toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish orqali ortiqcha vaznga ega aholi ulushini 50 foizga va semizligi mavjud aholi ulushini 23 foizga qadar kamaytiriladi.

- Har bir insonning oʻz salomatligiga masʼulligini oshirish nazarda tutilyapti.

- Preventiv tibbiyotni fundamental rivojlantirish, taʼlim tizimidan boshlab valeologiya asoslarini singdirish ham rejalashtirilgan.

- Aholi orasida zararli odatlarga qarshi kurashish, tamaki chekuvchilar ulushini 10 foizga kamaytirish moʻljallanmoqda.

- Oʻzbekiston aholisi orasida xalqaro qabul qilingan standart metodologiya asosida keng koʻlamli tadqiqotlar oʻtkaziladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech