09:39 (12.02.2024)

675

Bolalarda gepatitga chalinish holatlari koʼpaygan

Oʼzbekistonda 2024 yilning hoziriga qadar 9507 nafar bola gepatit А kasalligini yuqtirib oldi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʼmitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kasallanish koʼrsatkichlarining oʼsishi Аndijon, Buxoro, Namangan, Surxondaryo, Samarqand, Fargʼona viloyatlari hamda Qoraqalpogʼiston Respublikasida kuzatilmoqda.

Gepatit А kasalligiga qarshi emlash 94-98 foiz holatlarda virus yuqishini oldini oladi va emlashdan keyin kuzatilishi mumkin boʼlgan jiddiy asoratlar kuzatilmaydi.

Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotininig tavsiyasiga koʼra, ushbu vaktsinaning xavfsizligi va sifatini kafolatlovchi sertifikatlari mavjud boʼlib, vaksinatsiya bir marotaba qoʼllaniladi, qayta emlash ishlari talab etilmaydi. Virusli gepatit А kasalligiga qarshi asosan, 18 oylikdan 14 yoshgacha boʼlgan bolalar emlanadi. Virusli gepatit “А” vaktsinasi bilan emlanganidan soʼng 15 yilgacha muddatda immunitet tarangligi saqlanib qoladi.

Oʼtgan yilning 12 oyi davomida respublika boʼyicha jami 365 167 nafar bolalar virusli gepatit А kasalligiga qarshi vaktsina bilan emlangan.

Shuningdek, nogiron, kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 14 yoshgacha boʼlgan bolalarini ushbu kasallikka qarshi emlash maqsadida Qashqadaryo viloyati, Toshkent viloyatining Oʼrta Chirchiq tumani va Toshkent shahri hokimliklari tashabbusi bilan virusli Gepatit А vaktsinasini xarid qilish uchun mahalliy byudjetdan jami 4 mlrd soʼmdan koʼproq miqdorida mablagʼlar ajratilib, 24 765 nafar bolalar kasallikka qarshi emlangan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech