17:48 (30.12.2022)

1965

Bugundan Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va yurtimizda roʼyxatdan oʼtkazilgan barcha turdagi dori vositalarining savdosi vaqtinchalik toʼxtatildi.

Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Dok-1 Maks” dori vositasi tarkibida qoʼshimcha yot moddalar aniqlanganligi bois, hozirda ushbu ishlab chiqaruvchining boshqa mahsulotlarida ham ham xuddi shunday holat kuzatilish ehtimolini inobatga olgan holda, kompaniyaning boshqa mahsulotlari ham chuqur laborator tekshiruvlaridan  oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech