09:00 (23.01.2024)

512

Bugungi kunda respublikamiz aholisiga zombi virusi boʼyicha xavf-xatar mavjud emas

Zombi virusi qanchalik xavfli?

Ommaviy axborot vositalari va internet tarmogʼi orqali fransuz olimlari tomonidan Sibirning abadiy muzligidan 5 ta zombi virusini topib, ularni laboratoriya sharoitida yoshi 48 500 yil boʼlgan zombi virusini jonlantirishgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Bu boʼyicha Sanepidqoʼmita axborot xizmati maʼlumot berdi

Eng qadimgi namuna 16 metr chuqurlikdagi yer osti koʼlida topilgan. Ushbu virus odamlar hayoti uchun oʼta xavfli. Chunki inson tanasi bunday qadimiy viruslar bilan kurashishga moslashmagan.

Olimlar maʼlum boʼlgan viruslarning beshta yangi oilasini allaqachon aniqladi. Ular bir nechta virus shtammlarini jonlantirishdi va ularni patogenlik xavfini mavjudligini aniqlаshga erishishdi.

Tadqiqotchilar “zombi viruslar” deb ataydigan bunday patogenlar jamoat salomatligiga xavf solishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Inson immuniteti turli xil viruslar bilan aloqasi natijasida ularga qarshi turgʼun immunitet hosil qilgan. Biroq, insoniyat ilgari duch kelmagan qadimiy shtammlar bilan immunitet bardosh bera olmasligi mumkin.

Soʼnggi yillarda olimlar qadimgi viruslar va bakteriyalar bilan bogʼliq tahdid haqida koʼproq gapirishmoqda. Oʼn minglab yillar davomida ular abadiy muzliklarda saqlangan. Biroq, hozirda abadiy muzliklar erishi oqibatida tabiatga tarqalish ehtimoli mavjud.

Bugungi kunda frantsiyalik olimlar iqlim oʼzgarishi tufayli muzliklar juda tezlik bilan erib borishi sababli, qadimiy viruslar tabiiy sharoitlarda ham tirilishi mumkin. Shu holatga tayyor boʼlish uchun olimlar viruslarni laboratoriya sharoitida jonlantirib, ularga qarshi profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar koʼrishga tayyorgarlanishmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech