12:00 (19.03.2024)

723

Chexiyada koʼk yoʼtal bilan kasallanganlar soni rekord darajada oshdi

Oʼtgan hafta Chexiyada koʼk yoʼtal bilan kasallanishning rekord soni qayd etildi. Bu koʼrsatkich 827 kishini tashkil etdi.

Ayni paytda ushbu tashxis bilan kasallanganlar soni 2023 yildagidan koʼp. Bundan tashqari, joriy yilda birinchi oʼlim holati qayd etildi, deya xabar beradi Davlat sogʼliqni saqlash instituti.

2024-yil yanvar oyidan beri Chexiyada jami 3101 nafar koʼk yoʼtal infektsiyasi aniqlangan. Kasallikka chalinganlarning aksariyati maktab oʼquvchilari. Mutaxassislar epidemiya ehtimolini istisno qilmaydi. Mamlakatda 1963 yildan beri bunday holatlar kuzatilmagan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech