08:45 (02.02.2024)

628

Davlat dasturi doirasida sogʼliqni saqlash tizimida qanday ishlar amalga oshiriladi?

Davlat dasturi loyihasida, sogʼliqni saqlash tizimida quyidagilarni amalga oshirish belgilangan:

18-40 yoshli 12,6 mln nafar aholini profilaktik koʼrikdan oʼtkazish va natijalariga koʼra ularni sogʼlomlashtirish;

buyrak kasalliklarini erta aniqlash boʼyicha skrining amaliyotini joriy etish;

3-18 yoshli 9,8 mln nafar bolalarni onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash boʼyicha ommaviy va selektiv skriningdan oʼtkazish;

6-23 oylik boʼlgan jami 1,2 mln nafar bolani mikronutrient kukuni bilan bepul taʼminlash;

• aholiga oʼz sogʼligʼi va ovqatlanishini nazorat qilish va toʼgʼri ovqatlanish boʼyicha mobil ilova yaratish.

Ushbu havola orqali loyiha muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/93447

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech