12:28 (20.12.2022)

1929

Davlat tibbiy sugʼurtasiga oʼtish tezlashtiriladi

 Prezident xalqimizning malakali va sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yanada kengaytirilishini taʼkidladi.

Аvvalo, bepul tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi qonun bilan belgilanadi. Аjratilayotgan mablagʼlar har bir bemorga yetib borishi uchundavlat tibbiy sugʼurtasiga oʼtish tezlashtiriladi. Kelasi yili bu tizim Toshkent shahrida boshlanadi. Bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham joriy qilinadi.

Sogʼlom ovqatlanish ratsioniga doir tavsiyalar odamlarga yetkazilmayotgani, turli yoshdagi kishilar uchun jismoniy mashqlarni oʼrgatish ishlari yoʼqligi taʼkidlandi.Shu bois, “Toʼgʼri ovqatlanish va sogʼlom turmush tarzi” yangi umummilliy harakati mahalladan boshlanadi.

Prezidentimiz keyingi yili qoʼshimcha 140 ta oilaviy shifokor punkti va poliklinikalar, 520 ta olis va chekka mahallada ixcham tibbiyot punktlari tashkil etilishini maʼlum qildi.

Shu bilan birga, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish boʼyicha uch yillik katta dastur amalga oshiriladi.

Barcha tugʼruq komplekslari toʼliq taʼmirlanadi va jihozlanadi, oʼrinlar soni 35 foizga koʼpaytiriladi.

Bundan tashqari, mamlakatimizda 15 mingga yaqin onkologik bemorlar nur yordamida davolanishga muhtoj. Shu bois, kelasi yilda Samarqand, Fargʼona va Xorazmda xususiy sherikchilik asosida Radiologiya markazlarini tashkil etish loyihalarini boshlaymiz (bunday sharoit faqat Toshkent shahrida bor).

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech