13:01 (04.12.2023)

1008

Masofaviy maslahatlar tibbiy xatolar sonini orttiradi

Oksford universitetining olimlari uzoqdan tibbiy maslahatlar oʼtkazishda notoʼgʼri tashxis qoʼyish halokatli oqibatlar xavfi ortishiga sabab boʼlishi haqida ogohlantirmoqda.

Ularning Buyuk Britaniyada 2020 va 2023 yillar oraligʼida bir necha oʼnlab sogʼliqni saqlash holatlarini tahlil qilish asosida oʼtkazilgan tadqiqoti bemorlarni parvarish qilishning ushbu formatida jiddiy kamchiliklarni aniqladi.

BMJ portalidagi xabarga koʼra, masofaviy maslahatlashuvlar notoʼgʼri tashxis qoʼyish va natijada notoʼgʼri davolanishni buyurishga olib keldi. Аchinarlisi shundaki, ushbu hodisalarning baʼzilari yurak-qon tomir kasalliklari, diabet va saraton bilan ogʼrigan bemorlarning oʼlimiga olib kelgan.

Xususan, olimlar shifokorlarning oʼpka emboliyasi va sepsis kabi ogʼir asoratlarni va hatto bemorlarning oʼlimiga olib kelishi mumkin boʼlgan ogʼir darajalarni aniqlash qobiliyatining etarli emasligini taʼkidladilar.

Masofaviy tibbiy maslahatlar, ayniqsa, oʼzini izolyatsiya qilish zarur boʼlgan COVID-19 pandemiyasi davrida ommalashdi. Biroq, professor Trisha Grinxalьx shifokorlarning videomuloqotdan foydalanishdagi xatolari, asosan, tashkiliy keskinlik va aloqa samaradorligining yetarli emasligi bilan bogʼliqligini tushuntirdi.

Mutaxassislar, ayniqsa, toʼgʼri tashxis qoʼyish va davolash muhim ahamiyatga ega boʼlgan jiddiy kasalliklarga chalingan bemorlarga gʼamxoʼrlik qilishda, teletibbiyot konsulьtatsiyalaridan foydalanishda ehtiyot boʼlishga va qayta koʼrib chiqishga chaqirmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech