17:00 (07.12.2023)

641

“Dori-Darmon” АKga dekabr oyida 2 000 000 АQSh dollarlik import dori vositalari kelishi kutilmoqda

Аslida dardga darmon sifatida qabul qilinadigan dorilar inson salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmogʼi lozim. Аna shunday ezgu maqsad yoʼlida Oʼzbekiston farmatsevtika sohasida faoliyat olib borayotgan “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi yurtimiz bozoriga sifatli, ishonchli va arzon dori vositalari hamda tibbiyot buyumlarini olib kirayotgan, ulgurji va chakana savdo bilan shugʼullanuvchi tashkilot sanaladi.

Kompaniyamiz tizimida 1 avgust holatiga koʼra 1747 ta ijtimoiy dorixona va dorixona shaxobchalari faoliyat yuritadi. Ushbu dorixonalarning 1143 tasi yoki 65 foizi qishloq hududlarida joylashgan. Shuningdek, maxsus jihozlangan avtomobillarda 95 ta koʼchma dorixona tashkil etilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 22 iyuldagi “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 204-son Qarori bilan ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlanish huquqiga ega boʼlgan shaxslarning 14 toifasi roʼyxati tasdiqlangan.

Ularni dori vositalari va tibbiy buyumlari bilan taʼminlash uchun sarflanadigan xarajatlar davlat tomonidan qoplanishi belgilangan. Ushbu toifaga kiruvchi bemorlarga Kompaniya tizimidagi dorixonalari orqali 2022 yilda 27,1 mlrd. soʼmlik, joriy yilning 9 oyi davomida 17,8 mlrd. soʼmlik dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berildi.

“Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi 100 dan ortiq mahalliy va chet ellik yetakchi ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, kompaniya joriy yilning 2-choragida Germaniya, Vengriya, Rossiya, Hindiston, Ukraina davlatlari bilan dori vositalari sotib olish boʼyicha sharnomalar tuzdi.

Dekabr oyida Rossiya, Ukraina, Hindiston kabi davlatlardan 2 000 000 АQSh dollarlik import dori vositalari kelishi kutilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech