11:52 (15.02.2024)

1044

Dori vositalari qalbakimi yoki qonuniymi? Buni oson tekshirish mumkin

Endilikda siz Asl Belgisi mobil ilovasidan foydalanib, doridagi raqamli Data Matrix kodini skanerlash orqali dori haqida barcha kerakli maʼlumotlarni olishingiz mumkin. Data Matrix kodlarini skanerlashda isteʼmolchi dori haqida barcha kerakli maʼlumotlarni oladi. Bunday kodda mahsulot tavsifi, qadoq saqlanishi kerak boʼlgan ishlab chiqaruvchi va chakana savdo nuqtasi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar va dori vositalari uchun ruxsat beruvchi hujjatlar haqida maʼlumot mavjud.

Ilova Oʼzbekiston hududida rasmiy muomalada boʼlgan dori vositalarini oʼqiy oladi. Аgar ilova kodni oʼqisa, bu dori vositasi qonuniy ravishda ishlab chiqarilgan yoki Oʼzbekiston hududiga olib kirilganligini bildiradi.

Аgar oʼqimasa, unda sotib olishdan bosh tortgan maʼqul. Yaxshisi, qonunbuzarlik haqida xabar bering. Buni bevosita Asl Belgisi ilovasidan amalga oshirish mumkin. Maʼlumotlar tegishli organlarga yetkaziladi.

Soxta dori vositalari muammosi bugungi kunda butun dunyoda dolzarbdir. Oʼzbekistonda “Asl Belgisi” raqamli markirovka tizimi joriy qilingan. Bu soxtalashtirishning keng koʼlamli muammosiga qarshi kurashda muhim vositadir.

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 apreldagi 149-sonli «Dori vositalari va tibbiy buyumlarini majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʼgʼrisida»gi qaroriga muvofiq 2022 yil 1-sentabrdan boshlab Oʼzbekistonda dori vositalarini majburiy raqamli markirovkalash boshlandgan.

Dori vositalarini raqamli markirovkalash bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Uning asosiy vazifalaridan biri bozorni raqamlashtirish, kontrafakt va kontrabandaga qarshi kurashishdir.

Bugungi kunda Oʼzbekistonda uch guruh dori vositalari markirovkalanmoqdi.

Birinchi guruh — ikkilamchi (tashqi) qadoqlarda chiqarilgan dori vositalari (Orfan dori vositalaridan tashqari) – 2022 yil 1 sentyabrdan;

Ikkinchi guruh – birlamchi (ichki) oʼramda (ikkilamchi (tashqi) oʼram boʼlmaganda) va dorivor angromahsulotda (orfan dori vositalaridan tashqari) chiqarilgan dori vositalari – 2022 yil 1 noyabrdan;

Uchinchi guruh – orfan dori vositalari (kam uchraydigan yoki orfan kasalliklarni davolashda foydalaniladigan) va Oʼzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan roʼyxatga olish natijalarini tan olish tartibi doirasida Oʼzbekistonda roʼyxatga olingan dori vositalari – 2023 yil 1 martdan;

Toʼrtinchi guruh – belgilangan tartibda tasdiqlangan roʼyxatga kiritilgan tibbiyot buyumlari – 2025 yil 1 fevraldan.
Asl Belgisi mobil ilovasidan foydalanib, doridagi raqamli Data Matrix kodini skanerlash orqali dori haqida barcha kerakli maʼlumotlarni olishingiz mumkin.

Mobil ilova interfeysi rus va oʼzbek tillarida mavjud.

Ilovani Google Play va App Storeʼdan yuklab olish mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech