11:41 (22.02.2024)

831

Dorixonalarda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotayotgan sotuvchilar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Davlatobod, Toʼraqoʼrgʼon, Uchqoʼrgʼon tumani boʼlimlari tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirlarda “D.Ph.” “E.i.”, “T.f. ”MChJga qarashli dorixonalarning sotuvchilari hech qanday hujjatsiz xaridorlarga jami 80 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtlarida ushlanib, ushbu dorixonalardan yana 387 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirlarda esa, “S.F.” va “G.Ph.” MChJlarga qarashli dorixona sotuvchilari xaridorlarga jami 94 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 1,5 mln soʼmga shifokor retseptsiz sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Denov tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.F. jami 40 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro А.А.ga 3,8 mln soʼmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʼlgan dori vositalarini retsept boʼyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) va 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech