09:50 (13.05.2024)

467

Dorixonalarda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishini oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus va Qonlikoʼl tumani boʼlimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirlarda “N.L.” MChJ dorixonasi rahbari G.N. va “R.P.H.” xususiy korxonasi dorixona sotuvchisi M.T. fuqarolar B.E. va M.T.ga 2 turdagi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini jami 2,8 mln soʼmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Muborak tumani boʼlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʼtkazilgan tezkor tadbirda “M.I.” xususiy korxonasi dorixona sotuvchisi O.А. fuqaro M.J.ga “Omnadren” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotayotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 7 turdagi jami 3,1 mln soʼmlik dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Qarshi tumani boʼlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.X. fuqaro А.А.ga jami 60 dona “Sibazon” va “Аzaleptol” nomli dori vositalarini 1,5 mln soʼmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech