15:32 (04.12.2023)

967

Mutaxassislar tez-tez kasal boʼladigan bolalarni davolashda eng samarali dorini tanlashdi

2023 yil natijalariga koʼra, VIFERON® "Tez-tez va uzoq muddat kasal boʼladigan bolalar uchun tanlangan dori" nominatsiyasida farmatsevtika va tibbiyot sohasida yillik mukofot,Russian Pharma Awards gʼolibi boʼldi.

Preparatning yuqori reytingi uning 25 yillik klinik amaliyoti bilan tasdiqlangan keng koʼlamli dalillar bazasi hamda uni tez-tez va uzoq muddatli kasal boʼladigan bolalarni davolashda qoʼllash imkoniyati bilan bogʼliq. Mutaxassislar, ovoz berish jarayonida, aynan shu omillarni qayd etishdi va ovoz berish natijalariga koʼra mukofotlar topshirildi.

Russian Pharma Awards mukofoti farmatsevtika va tibbiyot sanoatidagi eng nufuzli tadbirlardan biridir. 430 mingdan ortiq mutaxassislar, ularning fikricha, turli kasalliklarni davolash va oldini olish uchun maqbul boʼlgan dori-darmonlarga oʼz ovozlarini berishadi. Turli xil tibbiy ixtisosliklarning vakillari oʼzlarining amaliyotlari asosida dori-darmonlarni baholaydilar. Mukofot 20 dan ortiq nominatsiyalar boʼyicha beriladi. Gʼalaba – bu eng talabchan va ekspert auditoriya tomonidan preparatning tan olinishi hisoblanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech