12:00 (25.10.2023)

1239

Farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shugʼullanuvchi 600 ga yaqin mahalliy korxonalardan 117 tasida GDP talablari joriy qilingan

АOKАda Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi rahbariyati ishtirokida oʼtkazilgan matbuot anjumanida tadbirkorlik subʼektlariga farmatsevtika faoliyati uchun davlat standarti joriy etish bilan bogʼliq yangiliklar haqida maʼlumot berildi.

2023 yil 9 oyi davomida Zarur amaliyotlar markaziga farmatsevtik inspektsiyalar oʼtkazish yuzasidan jami 269 ta ariza kelib tushgan boʼlib bulardan 19 tasi mahalliy korxonalarda va 98 tasi xorijiy korxonalarda GMP inspektsiyasi oʼtkazish boʼyicha, 148 tasi mahalliy distribyutorlarda GDP inspektsiyasi oʼtkazish boʼyicha, 1 tasi hususiy bojxona omborhonasida GSP inspektsiyasi oʼtkazish boʼyicha va 3 tasi dorixonalarda GPP inspektsiyasi oʼtkazish boʼyicha kelib tushgan.

Ushbu arizalar asosida 14 ta mahalliy korxonalarda va 22 ta xorijiy korxonalarda GMP yuzasidan, 114 ta mahalliy distribyutorlarda GDP yuzasidan hamda 1 ta hususiy bojxona omborhonasida GSP yuzasidan farmatsevtik inspektsiya oʼtkazilgan.

Oʼtkazilgan inspektsiyalar natijasida 11 ta mahalliy va 5 ta xorijiy korxonalarga GMP sertifikatlari, 87 ta mahalliy distribyutorlarga GDP sertifikatlari va 1 ta hususiy bojxona omborxonasiga GSP sertifikati taqdim qilingan.
Shuningdek, 1 ta mahalliy va 1 ta xorijiy korxonaga GMP sertifikati hamda 4 ta mahalliy distribyutorga GDP sertifikati taqdim qilish rad etilgan.

Oʼtkazilgan inspektsiya nazoratlari asosida 12 ta GMP, 3 ta GDP va 1 ta GLP sertifikatlari amal qilish muddatlari inspektsiya mobaynida aniqlangan nomuvofiqliklar toʼliq bartaraf etilguniga qadar vaqtinchalik toʼxtatilgan boʼlib, hozirda ushbu sertifikatlar soni 1 ta GDP hamda 1 ta GLP sertifikatini tashqil qilmoqda.

Bugungi kunda respublikada dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar soni 82 tani tashkil etib, ularning 40 tasida, jami 147 ta ishlab chiqarish liniyalarida “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti - GMP” “Oʼzbekiston Respublikasi Davlat standarti talablari joriy qilingan.

Farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shugʼullanuvchi 600 ga yaqin mahalliy korxonalar mavjud boʼlib, ularning 117 tasida “Zarur distribyutorlik amaliyoti - GDP” Oʼzbekiston Respublikasi Davlat standarti talablari joriy qilingan.

Klinik oldi tadqiqotlar oʼtkazuvchi laboratoriyalar soni 6 tani tashkil etib, ulardan 1 tasida “Zarur laboratoriya amaliyoti - GLP” sertifikati mavjud.

Klinik tadqiqotlar oʼtkazuvchi klinik bazalar soni 88 ta, farmatsevtika mahsulotlarini chakana realizatsiya qiluvchi dorixonalar soni 16 mingga yaqin boʼlib ularning birortasi ham “Zarur klinika amaliyoti - GCP” va “Zarur dorixona amaliyoti – GPP” sertifikatlarini olmagan.

Prezident farmonlariga asosan 2024 yil 1 yanvarga qadar farmatsevtika soxasida faoliyat yuritayotgan barcha korxona va tashkilotlar GxP davlat standarti talablarini oʼz ish faoliyatlariga joriy etishlari belgilab qoʼyilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech