17:33 (21.05.2024)

632

FLiRT штамми туфайли, ёзда COVID-19 билан касалланиш авж олиши мумкин

Gʼarbda FLiRT guruhidagi koronavirus shtammlari tarqalmoqda, ular yozda kasallanish darajasi oʼsishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, olimlar taxmin qilishicha, “omikron”dan mutatsiya qilgan FLiRT guruhi shtammlari kasalxonaga yotqizish holatlari koʼpayishiga yoki kasallikning ogʼir kechishiga olib kelmaydi.

АQShda mart boshida yuzaga kelgan KP.2 shtammi yetakchilik qilmoqda. U FLiRT guruhiga kiradi — ushbu soʼz mutatsiyaning shtammlarning genetik kodidagi nomidan kelib chiqqan. АQSh Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi maʼlumotlariga koʼra, 11 mayga qadar boʼlgan ikki hafta ichida KP.2 28,3 foiz holatlarda aniqlangan. Mart boshida esa atigi 3,8 foiz holatlarda boʼlgan. Tarqalish boʼyicha ikkinchi shtamm KP.1 boʼldi (7,6 foiz).

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʼra, FLiRT shtammlari Yevropaning 14 ta mamlakati va Isroilda aniqlangan. Olimlar fikricha, ushbu shtammlar kasalxonaga yotqizish yoki kasallikning ogʼir kechishiga olib kelmaydi.

FLiRTga xos simptomlar koronavirus uchun standartdir. Bu isitma, yoʼtal, burun bitishi yoki oqishi, tomoq ogʼrishi, taʼm yoki hid bilish qobiliyatining yoʼqolishi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech