12:29 (24.01.2023)

1813

Gepatit alifbosi

 Gepatit virusli kasallik hisoblanib, bemorda jigar hujayralari zararlanishi kuzatiladi. Qolaversa, uning faoliyati buzilishi oqibatida organizmda intoksikatsiya — zaharlanish yuz beradi. Virusli gepatitning asosan 6 ta — A, B, C, D, E, G kabi turlari mavjud.

Gepatit А – eng koʼp aniqlanadigan, biroq boshqa turlarga nisbatan xavfsizroq xastalik boʼlib, asosan bemorlarda oʼtkir kechadi. Аmmo surunkali tus olmaydi hamda oʼlim va boshqa jiddiy oqibatlarga olib kelmasligi bilan farqlanadi.Bu xastalikning yana bir nomi “iflos qoʼllar kasalligi” deb ham ataladi. Virusni asosan kirlangan suv, taom, yaxshi yuvilmagan idish hamda bemor bilan muloqotda boʼlish orqali yuqtirish mumkin. 

Gepatit V. 1967 yil Nobelь mukofoti laureati, amerikalik shifokor Samuelь Barux jigar kasalligini keltirib chiqaruvchi gepatit B virusini aniqlashga muvaffaq boʼlgan. Gepatit V ushbu kasallik turlari orasida eng xavflisi boʼlib, har yili dunyoda minglab insonlar mazkur virus tufayli vafot etadi. Bugungacha uning qoʼzgʼatuvchisiga bevosita taʼsir etuvchi preparat topilganicha yoʼq. 

Gepatitning S turi koʼpincha jigar sirrozi yoki saratonga sabab boʼluvchi xavfli xastalik hisoblanib, uni shifokorlar “muloyim qotil” deb ham atashadi. Sababi kasallikning rivojlanish davrida bemorda hech qanday salbiy belgilar kuzatilmaydi. Virus asosan qon orqali, yaʼni ehtiyotsizlik sabab stomatolog, manikyur va boshqa amaliyotlarda qon tekkan buyumdan oʼzga bir insonga yuqishi mumkin. Qolaversa, tish choʼtkasi yoki soqol oladigan uskuna ham kasallanish uchun sabab boʼladi. JSST maʼlumotlariga koʼra,  har yili dunyoda 325 millionga yaqin odam gepatit V virusi va kamida 200 million kishi gepatit C virusi bilan kasallanmoqda. 
 
Butunjahon gepatit alyansining 2021 yilgi maʼlumotlariga  koʼra, gepatit V va C virusi tufayli har yili jahonda 1,4 million odam vafot etadi. 

Gepatit D — shifokorlar tomonidan «superinfektsiya» deb ataladigan gepatit D organizmda gepatit B virusi boʼlgandagina koʼpayadi. Аksar hollarda kasallik bilan zararlanish qon quyganda yoki giyohvandlarning shpritslari orqali yuqishi kuzatiladi. Onadan homilaga yuqishi ham mumkin. gepatit B ga chalingan bemorlar gepatit D yuqishiga moyil boʼladi. Gemofiliya kasalligi bor kishilar giyohvandlarning kasallikka chalinish ehtimoli yuqori. Bir vaqtni oʼzida gepatitning А va B turlariga chalinish holatlari ham uchrab turadi. Zararlangandan keyin kasallik rivojlangunicha gepatit B singari 1,5-6 oy vaqt oʼtishi mumkin.

Gepatit E — gepatit А singari E turi ham deyarli surunkali kechmaydi. Аmmo ayol homiladorligining soʼnggi uch oyida ushbu virusni yuqtirib olsa, oʼlim ehtimoli 40 foizni tashkil qiladi. E gepatit viruslari gepatit А singari odamga ifloslangan qoʼllar, ichimlik va oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqadi. 

Gepatit bilan zararlanmaslik uchun nima qilish kerak?

Gepatitning vaktsinasi bor turlariga qarshi emlaning. Shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qiling. Tibbiyot muassasalari va goʼzallik salonlarida bir martalik asboblardan foydalanish va ularni sterilizatsiyalanganiga eʼtiborli boʼling. Iloji boricha bir yilda bir marta gepatitga qon tahlili topshiring. Gepatitning baʼzi turdagi viruslari qonga tushganidan keyin 20 yilgacha oʼzini namoyon qilmasligini unutmang. Salomatligingizga befarq boʼlmang.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech