16:50 (07.02.2023)

2026

Hindiston dori vositalarini tartibga solish tizimini takomillashtirish uchun qariyb  80 mln АQSh dollari yoʼnaltiradi

Hindiston sogʼliqni saqlash vaziri Mansux Mandavianing takidlashicha, 2021-2022 yillarda  89 ming dori namunalari sinovdan oʼtkazilgan va ularning  2500 dan ortigʼi standartlarga javob bermagan, 380 ga yaqini qalbaki ekanligi aniqlangan.

 Hindistonda 89 000 ga yaqin dori namunalari sinovdan oʼtkazilgan boʼlsa, 2 500 dan ortigʼi standartlarga javob bera olmagan. Bu haqda mamlakat sogʼliqni saqlash vaziri Mansux Mandavia maʼlum qildi, deya xabar bermoqda Reuters. 380 ga yaqin namunalar soxta ekanligi aniqlangan.

Hindiston hukumati Sogʼliqni saqlash vazirligiga dori vositalarini tartibga solish tizimini mustahkamlash, jumladan, yangi dori vositalarini sinovdan oʼtkazish uchun laboratoriyalar tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish uchun 80 million dollarga yaqin mablagʼ ajratdi.

Soʼnggi 10 yil ichida Hindistonning farmatsevtika mahsulotlari eksporti ikki baravarga oshib, 2021-2022 yillarda 24,5 mlrd. dollarni tashkil etdi. 

Biroq Oʼzbekistonda 20 nafar, Gambiya va Indoneziyada 200 nafar bolaning tarkibida etilenglikol borligi aniklangan bolalar uchun isitmani tushiruvchi siroplarni qabul qilganligi sabab vafot etgani, Hindistonning “dunyo dorixonasi” obroʼsiga putur yekazdi, deb takidlaydi Reuters.

The Hindu BusinessLine xabariga koʼra, Hindistonning Global Pharma Healthcare kompaniyasi ham oʼtgan haftada AQShda nojoʼya taʼsirlarning 55 ta holati, jumladan, koʼz infektsiyalari, koʼrishning doimiy yoʼqolishi va bitta oʼlim holati qayd etilgani sababli koʼz tomchilarining barcha partiyalarini qaytarib olishga majbur boʼldi.

Eslatib oʼtamiz, yanvar oyi oxirida Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti dori ishlab chiqaruvchilarni xomashyo sifati va ishlab chiqarish jarayoni nazoratini kuchaytirishga chaqirgan edi. Hukumatlar sifatsiz va qalbaki dori vositalariga qarshi kurashish uchun qonunlar qabul qilishlari, shuningdek, norasmiy bozorlari ustidan nazoratni kuchaytirishlari kerak.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech