12:18 (11.07.2023)

1667

Hindistonda qarovsiz itlarda odamlar uchun xavfli zamburug` turi aniqlandi

Makmaster universiteti olimlari Hindistonda doriga chidamli Candida auris patogenining birinchi jonli madaniyatini topdilar. Hindistondagi uysiz itlar infektsiyaning tashuvchisiga aylandi. Bu haqda Journal of Fungi jurnali xabar bermoqda.

Candida auris ko'plab zamburug`ga qarshi dorilarga chidamlidir. Infektsiyalangan bemorlarning ahvoli juda og'ir bo`ladi va har uchinchi bemor hayotda ko`z yumadi.

Olimlarning ta'kidlashicha, uysiz itlar Candida aurisning doriga chidamli shtammlarini tashuvchilaridir. Lekin uy hayvonlari orqali ham bu zamburug`ni yuqtirishi mumkin. Tadqiqotchilar Delidagi boshpanalardan 87 ta itning teri namunalari va quloqlarini o‘rganishdi. Ularning yarmi (42 ta) uysiz edi va surunkali teri kasalliklari aniqlanganligi uchun intensiv terapiya bo'limiga yotqizildi. To'rtta itning quloq kanallarida dorilarga chidamli Candida auris zamburug`i borligi aniqlandi.

Olimlar Candida auris qo'zg'atuvchisi keng tarqalgan hududlarda to'rt oyoqli do'stlarning xatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatishni maslahat berishadi. Zamburug` odamdan odamga osonlik bilan yuqadi. Ammo hayvonlardan hayvonlarga qanchalik tez yuqishini aytish qiyin. Maqola mualliflari izlanishlarni davom ettirish kerakligini ta`kidlab o`tishdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech