15:53 (26.06.2024)

278

Hududlarda aholini zarur dori vositalari bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar

Bugun  Milliy matbuot markazida  ayni shu mavzuda “Dori-Darmon”aktsiyadorlik kompaniyasining  navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida “Fargʼona Dori-Darmon” Boshqaruv raisi  Muhammadamin Tursunov hamda "Buxoro Dori-Darmon" MChJ direktori Dilmurod Аxatov viloyat aholisini zarur dori vositalari bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berib oʼtdi.

Respublikamiz viloyatlarida faoliyat olib borayotgan jamiyatlar aholini va davolash profilaktika muassasalarini zarur dori-darmonlar bilan oʼz vaqtida taʼminlash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi hududida va boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan tayyor dori-vositalari, substantsiyalar, tibbiy yunalishdagi farmatsevtik mahsulotlar bilan chakana va ulgurji savdo faoliyatini amalga oshiradi.

“Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi va uning hududiy boʼlinmalari Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimidagi va boshqa davolash-profilaktika muassasalarining asosiy taʼminotchilaridan biri hisoblanadi. Xususan, 2024 yil I-chorak  davomida:

—sogʼliqni saqlash vazirligiga qarashli davolash profilaktika muassasalariga  – 44,7 mlrd. soʼmlik,  

— boshqa davolash profilaktika muassasalariga – 5,3 mlrd. soʼmlik,

— xususiy sektorga – 9,3 mlrd. soʼmlik,

— harbiy davolash muassasalariga – 1,4  mld. soʼmlik,

— QVP va QOPlarga –23,1 mld. soʼmlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari yetkazildi.  

Shundan, “Fargʼona Dori-Darmon” АJ tomonidan viloyat sogʼliqni saqlash birlashmalariga  qarashli davolash profilaktika muassasalariga  – 22,3 mlrd soʼmlik,  boshqa davolash profilaktika muassasalariga – 5,5 mlrd soʼmlik, “Buxoro Dori-Darmon” MChJ tomonidan viloyat sogʼliqni saqlash birlashmalariga  qarashli davolash profilaktika muassasalariga  – 7,3 mlrd soʼmlik  boshqa davolash profilaktika muassasalariga – 1,3 mlrd soʼmlik dori-darmon va tibbiyot buyumlari yetkazib berildi.

Xabaringiz bor, kompaniyamiz tizimidagi jamiyatlarda maxsus jihozlangan avtomobillarda koʼchma dorixonalar  tashkil etilgan boʼlib,  mahalliy hokimiyatlar bilan kelishilgan jadval asosida respublikamizning chekka va dorixona mavjud boʼlmagan hududlaridagi aholiga kerakli dori vositalari va tibbiy buyumlarni yetkazib beradi. Xususan, “Fargʼona Dori-Darmon”АJ tomnidan 1 ta “Isuzu” avtofurgoni dorixonasi va 12 ta “Damas” avtomobillarida “Koʼchma dorixona” shaxobchalari tashkil qilingan."Buxoro Dori-Darmon" MChJ tomonidan esa 5 ta koʼchma dorixona  tashkil etilgan.

2024 yilning dastlabki uch oyi davomida jamiyatlardagi mavjud koʼchma dorixonalar orqali aholiga 901,0 mln.soʼmlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari yetkazib berildi. 

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2013 yildagi 204-son qarori bilan Аmbulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlanish huquqiga ega boʼlgan 14 toifadagi shaxslar roʼyxati belgilangan.  2024 yilning 1 choragi davomida mazkur roʼyxatdagi shaxslarga “Dori-Darmon” АK va uning tizimidagi jamiyatlarga qarashli dorixonalar orqali 96 892  ta retsept orqali  5,73 mlrd.soʼmlik  dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berildi.

Xususan, 2024 yil 1-chorak davomida “Fargʼona Dori-Darmon” АJ tomonidan qariyb  720 mln. soʼmlik,  “Buxoro Dori-Darmon” MChJ tomonidan  323,6 mln. soʼmlik dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 yanvardagi “Farmatsevtika sohasini tartibga solish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-20-son  Farmoni 2-ilovasiga binoan:

➖ 2024 yil 1 iyulga qadar farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji sotish bilan shugʼullanuvchi barcha mahalliy korxonalar  Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtiriladi.

“Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi va tizimdagi “Fargʼona Dori-Darmon”, "Toshkent viloyat Dori-Darmon" hamda "Samarqand Dori-Darmon" aktsiyadorlik jamiyatlari, "Qoraqalpoq Dari-Darmak", “Oʼzbekiston dori taʼminoti" va  "Qashqadaryo Dori-Darmon", "Xorazm Dori-Darmon" , “Buxoro Dori-Darmon” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari  “Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)” sertifikatini olishga erishdi.

Shuningdek, 2025 yil 1 yanvarga qadar farmatsevtika mahsulotlarini chakana sotish bilan shugʼullanuvchi tarmoqli dorixonalar Zarur dorixona amaliyoti (GPP) milliy talablariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi belgilangan. Hozirgi kunda  “Zarur amaliyotlar markazi” DUK tomonidan “Qashqadaryo Dori-darmon” MChJ tizimidagi Yakkabogʼ tumanidagi 15-son dorixonaga №GPP—12:2024-raqamli “Zarur dorixona amaliyoti-GPP” talablariga muvofiqlik sertifikati berildi.

“Fargʼona Dori-Darmon” aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli 11 ta ijtimoiy dorixonalarda “GPP- yaxshi dorixona amaliyoti” standartlarini joriy etish maqsadida GxP markaziga ariza topshirildi. Markaz xodimlari tomonidan dorixonalarda farmatsevtik inspektsiya oʼtkazildi. Natija hisobotlari kutilmoqda.

GPP sertifikatini olish boʼyicha ishlar kompaniya va tizimdagi jamiyatlarda jadallik bilan davom etmoqda.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech