15:22 (01.07.2024)

197

Jiddiy ogohlantirish: qarishga qarshi kurash hayotingizga qarshi kurash boʼlishi mumkin

Birmingem universiteti professori Joao Pedro de Magalьyayns boshchiligidagi tadqiqot guruhi "qarigan hujayra"lar ham sogʼliq uchun foydali rollarga ega ekanligini aniqladilar. Mazkur ilmiy izlanish «Science» jurnalida chop etilgan.

Maʼlum boʼlishicha, ushbu hujayralar toʼqimalarning rivojlanishi, yalligʼlanish, yaralarni davolash va oʼsmalarni oʼsishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Professor eskirgan hujayralarning salomatlik va kasallikni daʼvolashdagi tabiiy rolini shu paytgacha past baholanganini alohida taʼkidlamoqda.

Masalan, meʼda osti bezi beta hujayralarida insulin sekretsiyasi va qon tomir tizimi hamda yoʼldoshning tuzilishini saqlab turish kabi normal funktsiyalar uchun zarurdir. Baʼzi hayvonlarda, masalan, sichqonlarda, qarigan hujayralar toʼqimalarning yangilanishi uchun, ayniqsa jarohatlarning tez tuzalib ketishi uchun muhim funktsiyani bajaradi.

Tadqiqot qarigan hujayralarni yoʼq qilish orqali tanani yoshartirishga qaratilgan terapiyalarning xavfsizligini shubha ostiga qoʼyadi. Professor de Magalьyayns ogohlantiradiki, qarigan hujayralarni ularning foydali funktsiyalarini hisobga olmagan holda yoʼq qilish inson hayotini xavfga qoʼyadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech