09:00 (04.07.2024)

1547

JSST tamaki chekishni tashlash bo'yicha birinchi klinik davolash yo'riqnomasini e'lon qildi

JSSTning  tamaki chekishni tashlash boʼyicha birinchi yoʼriqnomasida tamakiga qaramlikni yengishga yordam beradigan yondashuvlar kombinatsiyasidan, shu jumladan sogʼliqni saqlash muassasalarida xatti-harakatlar, raqamli yechimlar va farmakologik yondashuvlardan foydalanishni tavsiya qiladi.

Qoʼllanmaning maqsadi har qanday turdagi tamakidan voz kechishni xohlovchi 750 milliondan ortiq tamaki foydalanuvchilariga yordam berishdir. Ushbu tavsiyalar tamaki mahsulotlarining har xil turlariga, shu jumladan sigaretalar, kalyanlar, tutunsiz tamaki mahsulotlari, sigaralar, qoʼlda oʼralgan va isitiladigan tamaki mahsulotlariga qaramlikni yengishga harakat qilayotgan kattalar uchun dolzarbdir.

"Bu mamlakatlarga odamlarni chekishni tashlashga va tamaki bilan bogʼliq kasalliklarning global yukini kamaytirishga samarali yordam beradigan asosiy vositalarga ega boʼlish imkonini beradi."-dedi JSST Bosh direktori doktor Tedros Аdxanom Gebreyesus.

Dunyo boʼylab 1,25 million tamaki isteʼmolchisi bor, shundan isteʼmolchilarning 60 foizi - 750 milliondan ortiq kishi tamakiga qaramlikdan voz kechishni xohlaydi, ammo, bu odamlarning 70% samarali chekishni tashlash xizmatlaridan foydalanish imkoniga ega emas. Ushbu boʼshliq sogʼliqni saqlash tizimlari oldida turgan koʼplab muammolar, jumladan, resurslarning yetishmasligi bilan bogʼliq.

Dori-darmonlar va xulq-atvor terapiyasining kombinatsiyasi tamaki chekishni tashlashga urinishlarning muvaffaqiyatini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Mamlakatlar, ayniqsa, past va oʼrta daromadli mamlakatlarda, ularni bepul yoki subsidiya asosida taklif qilish orqali bunday davolash usullaridan foydalanish imkoniyatini oshirish mumkin.

JSST tamakiga qaramlikni davolashda samarali dori sifatida vareniklin, nikotin oʼrnini bosuvchi terapiya, burpropion va sitizindan foydalanishni tavsiya qiladi.

JSST 2023 yilda tavsiya etilgan dori vositalarining mavjudligini oshirish maqsadida tamaki isteʼmoli kasalliklarida qoʼllaniladigan tibbiy mahsulotlarni oldindan kvalifikatsiya qilish tartibini boshladi. 2024 yil aprel oyida Kenvue kompaniyasining nikotinli saqich va nikotin plastri JSSTning dastlabki kvalifikatsiyasini olgan birinchi nikotinni almashtirish terapiyasi mahsulotiga aylandi.

JSST tibbiy yordam koʼrsatuvchilarga rejalashtirilgan yordam turlari qatoriga xulq-atvor terapiyasini, shu jumladan sogʼliqni saqlash mutaxassisi bilan qisqa (30 soniyadan 3 minutgacha) maslahatlar, shuningdek, xoxlovchilarga xulq-atvorni qoʼllab-quvvatlashning yanada intensiv shakllarini (individual, guruh yoki telefon orqali maslahat) taklif qiladi. Bundan tashqari, raqamli texnalogiyalar, ayniqsa elektron matnli xabarlar, mobil smartfon ilovalari va internet dasturlaridan qoʼshimcha vositalar yoki oʼz-oʼziga yordam vositalari sifatida ishlatilishi mumkin.

JSST dunyo boʼylab tamaki chekishni toʼxtatishga muhtoj boʼlgan millionlab odamlarning salomatligini yaxshilash uchun sogʼliqni saqlash muassasalari, siyosatchilar va manfaatdor tomonlarni ushbu koʼrsatmalarni qabul qilish va ulardan foydalanishga chaqirdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech