15:00 (05.07.2024)

165

Korrupsiya- rivojlanishga toʻsiq

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi “Komplayens-nazorat” xizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-son Farmoni va “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2021-yil 6-iyuldagi PQ–5177-son qarori hamda kompaniyaning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat hujjatlari ijrosini taʼminlash borasida 2024-yil 20-iyun kuni “Oʻzbekiston Dori taʼminoti” MCHJ rahbar va xodimlari ishtirokida huquqiy-targʻibot yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda “Komplayens-nazorat” xizmati boshligʻi J.Qayumov kompaniya boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat hujjatlari ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shu bilan birgalikda kompaniya tizimida sodir etilayotgan qonunbuzilish holatlarini qayd etib, kelgusida doimiy ravishda huquqbuzarliklarning oldini olish, sohaga doir qonun hujjatlariga toʻliq amal qilinishini nazorat qilish borasida Komplayens-nazorat xizmati huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari bilan doimiy hamkorlikda ishlarni olib borayotganligi yuzasidan toʻxtalib oʻtdi.

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi Kuzatuv kengashi tomonidan 2024-yil 7-fevralida yangidan qabul qilingan “Komplayens-nazorat xizmati toʻgʻrisida”gi Nizomi bilan tanishtirib, “Komplayens-nazorat” xizmati asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2024-yil 5-iyun sanasidagi PQ-210-sonli qarori bilan tanishtirilib, ushbu qarorda yuklatilgan vazifalar tushuntirildi.

Yigʻilishda yakunida sohaga doir qonun hujjatlariga toʻliq amal qilish va xodimlarni oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni belgilangan tartibda amalga oshirishlari orqali huquqbuzarliklarning oldini olishlari mumkinligi boʻyicha tushuntirishlar  berildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech