10:00 (08.07.2024)

620

Kimlar malaka toifasini berish buyicha majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi?

Ushbu savolga Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi direktori Sanjar Sharipov batafsil javob berdi:

— Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasqidlangan "Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti"ga koʻra, malaka toifasini berish boʻyicha majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan, yaʼni ixtiyoriy ravishda malaka toifasini berish boʻyicha attestatsiyalarda ishtirok etishi mumkin boʻlgan mutaxassislar ham boʻlib, ular qatoriga quyidagilar kiradi:

- fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan oliy tibbiy taʼlim tashkilotlarining shifokor va farmatsevtlari;

Izoh: bunda oliy tibbiy taʼlim tashkilotlarining kafedralarida faoliyat yuritayotgan shifokor va farmatsevtlar nazarda tutilgan boʻlib, boshqa tibbiyot muasasalarida faoliyat yuritadigan ilmiy daraja hamda ilmiy unvonga ega shifokor va farmatsevtlar uchun malaka toifasini berish boʻyicha attestatsiyadan oʻtish majburiy ekanligini anglatadi. Shuningdek, ularning amaldagi malaka toifasi muddati tugagandan soʻng malaka toifasi uchun toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlov toʻxtatiladi.

- tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanayotgan va qonunchilikka muvofiq pensiya yoshiga toʻlgan shifokor va farmatsevtlar;

Izoh: bunda ularning amaldagi malaka toifasi muddati tugagandan soʻng malaka toifasi uchun toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlov toʻxtatiladi. Malaka toifasi uchun qoʻshimcha toʻlov toʻlanishi uchun navbatdagi yoki amaldagi malaka toifasini olish uchun oʻrnatilgan tartibda hujjat topshirib, attestatsiyadan oʻtishi talab etiladi.

- tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati boʻyicha uch yildan kam boʻlgan ish stajiga ega shifokor va farmatsevtlar;

Izoh: bunda yuqorida aytilgan Reglamentga koʻra, ikkinchi malaka toifasi uchun eng kamida uch yil ish staji talab etiladi, shunga koʻra, ushbu shifokor va farmatsevtlar uchun mazkur davrda malaka toifasi olish ixtiyoriy etib belgilanganligini anglatadi.

- homilador ayollar, ular homilador boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

- homiladorlik va tugʻish hamda bolani parvarish qilish taʼtillarida boʻlgan ayollar, ular taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

- tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar;

- uzoq vaqt davomida (uch oydan ortiq) davolanayotgan shifokor va farmatsevtlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;

- chet davlatlarga oʻqishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilgan shifokor va farmatsevtlar.

 Bunda, 4, 5, 6, 7, 8-xatboshilardagi shifokor va farmatsevtlar faqatgina belgilangan davr davomida malaka toifasini berish boʻyicha majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech