14:56 (04.10.2024)

86

"Dori-Darmon" AK aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi

2024-yil 3-oktyabr kuni “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilish kvorumi 83 foizdan ortiqni tashkil etdi.

Mazkur yig‘ilishi kun tartibiga muvofiq, aksiyadorlar tomonidan uchta masala, jumladan yig‘ilish reglamentini tasdiqlash, Kompaniya ustav kapitalini oshirish va aksiyalarining qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha «DORI-DARMON» AK ustav fondining miqdori nominal qiymati 4 300 so‘m bo‘lgan 4 225 430 (to‘rt million ikki yuz yigirma besh ming to‘rt yuz o‘ttiz) dona hujjatsiz shakldagi egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalarni qo‘shimcha chiqarish va joylashtirish yo‘li bilan 18 169 349 000,00 (o‘n sakkiz milliard bir yuz oltmish to‘qqiz million uch yuz qirq to‘qqiz ming) so‘mga kupaytirish hamda aksiyalarining qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi.

Yuqorida keltirilgan qo‘shimcha aksiyalarni chiqarish va to‘liq joylashtirilishi natijasida Kompaniyaning ustav fondi miqdori 86,3 mlrd. so‘mdan 104,4 mlrd. so‘mga oshirilishiga erishiladi. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech