08:39 (12.01.2024)

389

Hududlardagi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuvlar oʼtkazildi

Davlatimiz rahbari tomonidan 2023 yil 23 noyabrda oʼtkazilgan yigʼilishdagi topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida hududlardagi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan birma-bir uchrashuvlar oʼtkazilmoqda.

Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi direktori Аbdulla Аzizov Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanidagi “Temur med farm” infuzion dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonada boʼldi.

Korxona 2010 yilda oʼz ish faoliyatini boshlagan boʼlib, 85 turdagi MNN mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Korxona 1 oyda 1,5 millionga yaqin flakon ishlab chiqaradi. Bugungi kunda 170 nafar ishchi xodim faoliyat yuritadi. Korxona bugungi kunda GMP sertifikatini olish ishlarini boshlab yuborgan. 

Korxona faoliyati bilan yaqindan tanishish jarayonida ayrim muammolar borligi aniqlandi. 10 dan ortiq turdagi mahsulotlarni qayta roʼyxatdan oʼtkazish, 15 xil turdagi mahsulotlarni roʼyxatdan oʼtkazish, agregatsiya, klassifikatsiya va boshqa muammolarni bartaraf etish boʼyicha tegishli koʼrsatmalar berildi. 

“REKA-MED FARM” infuzion eritmali dori vositalari ishlab chiqaruvchi Oʼzbekiston-Ukraina qoʼshma korxonasi ham Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasida joylashgan. Korxona oʼz faoliyatini 2003 yilda boshlagan. 1 yilda 21 mln. dona tayyor dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mazkur korxonada 300 nafar ishchi xodim faoliyat yuritadi. 

Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi direktori Аbdulla Аzizov korxonada boʼlib, mavjud holat bilan tanishdi. Korxona rahbari bilan boʼlgan suhbat davomida iqtisodiy zonada 4 ta farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat yuritishi va ishlab chiqarish uchun markazlashgan kanalizatsiya muhimligi aytib oʼtildi. Аgentlik direktori mazkur masala yuzasidan viloyat hokimligi bilan birgalikda ijobiy hal etish choralari koʼrilishini maʼlum qildi. 

Shuningdek, korxonaning mavjud markirovka va roʼyxatdan oʼtkazishda boʼlgan muammolarini ijobiy hal etish choralari koʼrilishi ham maʼlum qilindi.

Korxona tomonidan kadrlar masalasiga ham katta eʼtibor qaratilgan holda farmatsevtika yoʼnalishida kadrlarni tayyorlash maqsadida universitet tashkil etish rejalashtirilgan va qurilish ishlari boshlab yuborgan.

Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi direktori boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan ishlab chiqaruvchilarning muammo va takliflarini oʼrganish ishlari davom ettirilgan holda Samarqand viloyatidagi “Optima Sobirjon“ tibbiy buyumlar, “Vaktsina Farm Medikal” MChJda va ”Samarkand England Eco-Medical“ dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalarida boʼlindi. Korxonalar faoliyati yaqindan oʼrganilib, muammo va takliflari tinglandi. 

Xususan, investitsiya kiritish, yangi loyihalar, xarid masalalari, markirovka va agregatsiya, farmatsevtika mahsulotlarini roʼyxatdan oʼtkazish, qayta roʼyxatdan oʼtkazish, ishlab chiqarishga taʼsir qiluvchi omillar, aylanma mablagʼ, moliyalashtirish va boshqa masalalarga toʼxtalib oʼtildi. 

Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda, distibyutorlik tashkilotlari faoliyatiga sifat tizimining joriy etilishini jadallashtirish boʼyicha ham koʼrsatmalar berildi.

Shuningdek, xususiy sektorda faoliyat yurituvchi farmatsevtlar bilan uchrashuv, dorixonalarda farmatsevtika xizmati sifatini oshirish yuzasidan yigʼilish tashkil etildi.  

Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tegishli davlat standartlari talablariga muvofiq dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash hamda realizatsiya qilishda ularning sifatini, xavfsizligini taʼminlash talabiga javob beradigan tegishli binolarga, asbob-uskunalar va jihozlarga ega boʼlishi kerakligi taʼkidlandi. 

– Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tashish va saqlashda ularning xavfsizligi, sifati va but saqlanishi taʼminlanishi shart. Shu sababli barcha ishlab chiqaruvchilar belgilangan talablar asosida faoliyat olib borishi muhim, – dedi Аbdulla Аzizov. 

Dorixonalar faoliyatiga sifat tizimini joriy etish yaxshi dorixona amaliyoti GPP Milliy davlat standarti talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Yigʼilishda ushbu Milliy standart talablariga muvofiqlik sertifikatlarini olish boʼyicha ishlarni jadallashtirish yuzasidan tushuntirish berildi.

Аndijon, Namangan, Surxondaryo, Navoiy viloyatlarida boʼlgan ishchi guruh tomonidan ham ishlab chiqaruvchilarning muammo va takliflari oʼrganilib, ularning yechimini birgalikda hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xususan, xarid masalalarini oʼrganish, markirovka, agregatsiya, roʼyxatdan oʼtkazish, roʼyxatdan qayta oʼtkazish, ishlab chiqarishga taʼsir qiluvchi omillar, hududlardagi dorixonalar faoliyatini oʼrganish, retsept asosida dorilarning sotilishi va boshqa masalalarga eʼtibor qaratildi. 

Shuningdek, xususiy sektorda faoliyat yurituvchi farmatsevtlar bilan uchrashib, dorixonalarda farmatsevtika xizmati sifatini oshirish yuzasidan yigʼilishlar boʼlib oʼtdi. 

Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda, dorixonalarda, distibyutorlik tashkilotlari faoliyatiga sifat tizimini joriy etilishini jadallashtirish boʼyicha koʼrsatmalar berildi.

Ishchi guruh Fargʼona va Xorazm viloyatlarida ham boʼlib,  ishlab chiqaruvchilarning muammo va takliflarini oʼrgandi. Ularning yechimini birgalikda hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Bundan tashqari xususiy sektorda faoliyat yurituvchi farmatsevtlar bilan hududlarda boʼlib oʼtgan yigʼilishda dorixonalar faoliyatiga sifat tizimini joriy etish yaxshi dorixona amaliyoti GPP Milliy davlat standarti talablariga muvofiq amalga oshirilishi yuzasidan suhbatlashildi. Ushbu Milliy standart talablariga muvofiqlik sertifikatlarni olish boʼyicha ishlarni jadallashtirish yuzasidan tushuntirish berildi.

Shuningdek, Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi direktori Аbdulla Аzizov Buxoro viloyatidagi tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi “Tibtexnika” MChJda boʼldi. Mazkur korxona koronar stent, ballon, introdьyuser, oʼtkazgich va angiografik diagnostik kateterlar ishlab chiqaradi. Jami yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi 850 ming dona tibbiy buyum hisoblanadi.

Bugungi kunga qadar jami 4 000 000 АQSh dollar miqdorida investitsiya kiritilgan. Korxona ISO 9001-2015, ISO 13485-2016 sertifikatlariga ega. Ishlab chiqarishda Koreya, Yaponiya, АQShning uskuna va apparatlaridan foydalaniladi.

Tibbiy buyumlarni dori vositalari bilan qoplash markazida buyurtma asosida asosan chet el tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar buyumlarini dori bilan qoplab berish ishlarini jahon standartlariga muvofiq amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu turdagi sifatli xizmatlarga talab juda yuqori hisoblanib, bugungi kunda “Tibtexnika“ MChJning Janubiy Koreyadagi asosiy hamkori "Noanix Corporation Ltd" orqali birinchi buyurtmalar boʼyicha muzokaralar olib borilmoqda. 

“Tibtexnika” MChJ negizida Buxoro shahrida oʼzining ishlab chiqarish quvvatlariga yaqin joyda Janubiy Koreya mutaxassislari koʼmagida Innovatsion tibbiy texnopark tashkil etish loyihasi ham amalga oshirilmoqda. 

Shu bilan birga korxonani moliyalashtirish ishlari, bugungi kundagi holati va davlat xaridlaridagi ishtiroki, eksport va boshqa masalalar yuzasidan gaplashildi. Аgentlik direktori tomonidan bu boradagi ishlarni jadallashtirish va rejalashtirilgan yangi loyihani ishga tushirishda koʼmaklashish va qoʼllab-quvvatlash bildirildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech