14:58 (15.02.2024)

791

Shamollashning pnevmoniyaga aylanayotganini qanday aniqlash mumkin?

Pnevmoniya - oʼpkaning oʼtkir yoki surunkali yalligʼlanishi kasalligi sirasiga kiradi, aksariyat hollarda oʼpka toʼqimalaridagi alveola, oraliq toʼqima, mayda kapilyar qon tomirlari yalligʼlanadi.

Pnevmoniyaga turli xil mikroorganizmlar, jumladan, bakteriyalar, viruslar va zamburugʼlar sabab boʼlishi mumkin.

Pnevmoniya oʼtkir respiratorli infektsiya paytida va undan keyin paydo boʼlishi mumkin. Koʼpincha bu bakterial floraning faollashishi tufayli yuzaga keladi, kamroq tez-tez - virusli infektsiya bronxdan tashqariga tarqalib, oʼpka toʼqimalariga oʼtadi.

Shamollashning pnevmoniyaga aylanayotganini qanday aniqlash mumkin?

Koʼkrak qafasidagi ogʼriq

Ogʼriq hatto tinch holatda ham mavjud boʼladi. Bundan tashqari, yoʼtalayotganda va chuqur nafas olishga harakat qilganda kuchayib boradi.

Nafas qisilishi

Dam olish va jismoniy mashqlar paytida nafas qisilishi. Nafas olishda qiyinchilik va bosh aylanishi. Yuz va qoʼl terisi koʼkimtir rangga ega boʼlishi mumkin.

Harorat

Pnevmoniyada harorat 39-40 darajaga koʼtariladi va bir necha kun davom etadi. Isitma tushiruvchi dorilar yordam bermasligi mumkin.

Yoʼtal

Qattiq yoʼtal tutadi. Аvvaliga quruq, keyin nam boʼladi. Hoʼl yoʼtal bilan balgʼam chiqariladi, baʼzan yiring va ozgina qon ketadi.

Аgar shunday alomatlar kuzatilsa va pnevmoniyadan shubhalansangiz albatta shifokor bilan maslahatlashing!

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech