11:57 (25.05.2023)

2387

Qanday qilib magnit boʼronlar infarkt va insultga olib keladi

FVVning kuchli magnit boʼronlari haqidagi ogohlantirishlari bejizga emas. Ular haqiqatan ham inson tanasiga taʼsir qilishi olimlar tomonidan isbotlangan.

Kp-indeksi (bir sutkada har uch soatda geomagnit faollikning oʼrtacha koʼrsatkichi) boʼyicha 4 balldan ortiq magnit boʼroni kuchli deb hisoblanadi. Fizika-matematika fanlari doktori Tamara Breusning aytishicha, geomagnit faollikning oshishi yurak-qon tomir tizimida buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday muammolari boʼlgan odamlarda esa ular yanada kuchayadi.

Tadqiqotlarga koʼra, magnit boʼronlari paytida har yili qoʼshimcha 11 000 yurak xuruji va 7 000 insulьt sodir boʼladi.
"Magnit boʼronlari yurak urish tezligiga ham taʼsir qiladi. Аgar uning ritmi buzilsa, taxikardiya, bradikardiya, aritmiya paydo boʼladi", — deya qoʼshimcha qildi ekspert.

Taʼsir mexanizmi quyidagicha: magnit maydon taʼsirida eritrotsitlar — qizil qon tanachalari — bir-biriga yopishishi mumkin, qon quyuqlashadi va tomirlari torayadi. Bu bosimning oshishiga olib keladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech