14:51 (23.04.2024)

315

Koronavirus inson tanasida 50 marta mutatsiyaga uchradi

Niderlandiyada organizmida koronavirusning koʼplab mutatsiyalari sabab vafot etgan Аmsterdamlik keksa fuqaro haqida maʼlumotlar paydo boʼldi.

2022 yil fevral oyida pensioner Covid-19 ning "omikron" shtammini yuqtirib oldi. U kasalxonaga yotqizilgan va emlangan, ammo uning tanasi antitela ishlab chiqarmagan. Erkak eksperimental dori bilan davolangan va keyinchalik maʼlum boʼlishicha, uni qabul qila boshlaganidan roppa-rosa uch hafta oʼtgach, "omikron" barqaror mutatsiyani rivojlantirgan.

Kasallik leykemiya va suyak iligi kasalliklari bilan murakkablashgan, deydi shifokorlar. Umuman olganda, bemor 613 kun davomida kasallik bilan kurashdi va shu vaqt ichida virus uning tanasida taxminan 50 marta mutatsiyaga uchradi. Keksa fuqaro oʼtgan yilning kuzida vafot etgan, deb yozadi New York Post. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech