11:00 (24.05.2024)

384

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Mirzo Ulugʼbek tumani boʼlimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda “S.C.” MChJga qarashli dorixona sotuvchisi M.Q. fuqaro X.M.ga tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddasi boʼlgan “Reduksin layt” nomli dori vositasini shifokor retseptisiz 768 ming soʼmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 224 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan Termiz shahrida oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.X. fuqaro M.X.ga tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar boʼlgan 216 dona dori vositalarini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech