16:57 (31.01.2024)

778

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritayotganlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahar boʼlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda “N.-Sh.” xususiy korxonasi rahbari S.X. ushbu korxona dorixonasida hech qanday hujjatsiz 20 dona “Benzonal” va “Karbamazepin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini xaridorlarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Mirobod tuman boʼlimi tomonidan tuman IIBB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro J.M. “Chigʼatoy Darvoza” MFY hududida fuqaro N.X.ga 10 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Samarqand shahar boʼlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.X. noqonuniy daromad orttirish maqsadida Gulobod koʼchasida fuqaro M.Yu.ga jami 180 dona “Reduksin Layt” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech