09:00 (29.03.2024)

300

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritmoqchi boʼlganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zarafshon shahar boʼlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʼtkazildi.

Tezkor tadbirda “Z.Ch.” xususiy korxonasi savdo doʼkonida fuqaro M.Sh. noqonuniy darmad orttirish maqsadida 3 xil turdagi 192 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro X.А.ga 690 ming soʼmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu doʼkondan yana 22 xil turdagi jami 3 613 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, Departamentning Qarshi shahar boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda YaTT  Q.O. “Navo” MFY hududidagi  savdo doʼkonida hech qanday hujjatsiz 10 xil turdagi jami 2 200 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Bektemir tuman boʼlimi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda “Sharq” YPX maskanida oʼtkazilgan tezkor tadbirda “Nexia-3” rusumli avtotransport vositasi toʼxtatilib koʼzdan kechirilganda, fuqaro А.I. jami 42 dona “Tropikamid” va “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini hamda oʼtkir hidli mumsimon moddani Toshkent shahrida oʼtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech