11:55 (03.06.2024)

304

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishing oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻngʻirot tuman boʻlimi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Q.S.” MCHJga qarashli doʻkon sotuvchisi J.R. fuqaro G.B.ga jami 15 quti “Reduksin layt” va “Goryachiy peres” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 1,1 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib,  fuqaro J.R.dan umumiy qiymati 15,3 mln soʻmlik jami 818 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Xonqa tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “J.Oʻ.” xususiy korxonasi dorixona sotuvchisi N.O. hech qanday hujjatsiz jami 50 dona “TEBANTIN” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini Q.A.ga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan yana 100 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech