10:00 (06.05.2024)

263

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman boʼlimi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda “A.Sh.” MChJga qarashli dorixona sotuvchisi G.L. hech qanday hujjatsiz jami 245 dona “Reduksin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro B.M.ga 5,9 mln soʼmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʼlgan dori vositalarini retsept boʼyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.
 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech