09:10 (12.12.2023)

730

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini noqonuniy muomalaga kiritmoqchi boʼlganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida oʼtkazilgan tezkor tadbirda “S.A.” MChJ dorixonasi sotuvchisi S.B. fuqaro А.F.ga 39 dona “Gabaten” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ushlanib, sotish maqsadida saqlanib kelingan 50 dona ushbu dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Uchtepa tuman boʼlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar F.U. va T.U. oʼzaro til biriktirib, fuqaro А.А.ga 34 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 3 mln soʼmga sotgan vaqtlarida ushlanib, ulardan jami 43 dona ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Yangihayot tumani boʼlimi tomonidan DXX va IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor-tadbirda, fuqarolar N.U. va R.R. fuqaroga 9 dona “Tropikamid" nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 4,2 mln soʼmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Yashnobod tuman boʼlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʼtkazilgan yana bir tezkor tadbirda fuqaro S.X.ning yonidan 1 dona paketda oʼtkir hidli kukunsimon modda, 25 dona “Zardeks” va 5 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergovga tegishliligi boʼyicha yuborilgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech