11:55 (22.11.2023)

1003

Chekish qalqonsimon bezga jiddiy zarar yetkazadi

Qalqonsimon bezga zarar yetkazadigan asosiy odatlardan biri chekishdir. Bu haqda “Gazeta.Ru”ga bergan intervyusida endokrinolog maʼlum qildi.

"Tamaki chekadigan odamlarda chekish va yod tanqisligining kombinatsiyasi kasallik xavfining koʼp marotaba oshishiga olib keladi. Diffuz toksik boʼqoq va endokrin oftalьmopatiya genetik jihatdan moyil boʼlgan odamlarda rivojlanadigan otoimmun kasalliklardir. Ushbu ogʼir surunkali kasalliklarning qoʼzgʼatuvchi omillaridan biri chekishdir, - dedi shifokor.

Uning taʼkidlashicha, oziq-ovqat qoʼshimchalarini nazoratsiz qabul qilish ham qalqonsimon bez hujayralarining tez yoʼq qilinishiga olib kelishi mumkin. Uning fikriga koʼra, "kuniga 500 mkg dan ortiq boʼlmagan dozada yod isteʼmol qilish xavfsiz hisoblanadi", ammo deyarli hech kim yodning katta dozalarini oʼz ichiga olgan biologik faol qoʼshimchalarning tarkibini tekshirmaydi.

Bundan tashqari, shifokor soya mahsulotlarini isteʼmol qilish ham qalqonsimon bezning ishlashi uchun xavfli ekanligini taʼkidladi, chunki ularni tez-tez isteʼmol qilish bilan "qalqonsimon bez kattalashadi va tugunlar paydo boʼlishi mumkin".

Soyada qalqonsimon bezdagi peroksidaza fermenti faolligini bloklaydigan izoflavonoidlar mavjud. Bu ferment qalqonsimon bez hujayralarida gormonlar hosil boʼlishi uchun kerak. Bu holatda xavf, ayniqsa, yod tanqisligi bilan ogʼrigan odamlar uchun yuqori boʼladi, - dedi ekspert.

Qalqonsimon bez bilan bogʼliq muammolarni koʼrsatadigan belgilar: birinchi navbatda, bu uyquchanlik, tez jahl chiqishi, terlash, befarqlik va terining qurushi boʼlishi mumkin. Shifokorning taʼkidlashicha, qalqonsimon bez muhim endokrin organlardan biri boʼlib, u hayot uchun energiya ishlab chiqarish va metabolizm tezligi uchun javobgardir. Uning ishidagi muammolar psixo-emotsional sohadagi oʼzgarishlarga olib keladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech