09:06 (12.06.2023)

2222

SSV: Qoraqalpogʼiston aholisini tibbiy koʼrikdan oʼtkazish uchun "Salomatlik poyezdi" yoʼlga chiqdi

Sogʼliqni saqlash vazirligi "Oʼzbekiston temir yoʼllari" АJ va “Sogʼlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi bilan hamkorlikda yana bir salomatlik aktsiyasiga start berdi.

Ushbu aktsiya orqali Orolboʼyi mintaqasining havo yoʼllari tarmoqlari yoʼq, avtomobillar harakati uchun sharoitlar yetarli boʼlmagan uzoq hududlari aholisini tibbiy koʼrikdan oʼtkazish, ularga zarur dori vositalari va tibbiy sarflov materiallarini yetkazib berish maqsad qilingan.

"Salomatlik poyezdi"ga 1,5 milliard soʼm miqdoridagi 5 tonnadan ortiq dori vositalari va tibbiy materiallar yuklangan boʼlib, ular orasida profilaktika maqsadida qabul qilinadigan vitaminlar, mikroelementlar hamda kardiologik, endokrinologik dori-darmonlar, shuningdek, shaxsiy gigiena vositalari mavjud.

"Dori-Darmon" aktsiyadorlik kompaniyasi va «Oʼzbekiston Dori-Taʼminoti» MChJ tomonidan ham “Salomatlik” poezdida Orolboʼyi mintaqasiga ogʼirligi 1069,7 kg boʼlgan, 250,7 mln.soʼmlik 35 turdagi farmatsevtika va dezinfektsiyalash vositalarini oʼz ichiga olgan gumanitar yuk yuborildi.

Bu poyezdlarda hududlarga yoʼl olgan Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining jami 200 nafardan ziyod malakali mutaxassislari aholini chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrikdan oʼtkazadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech