15:59 (27.05.2024)

660

Denge virusiga qarshi yangi vaktsina tasdiqlandi

Global sog'liq uchun jiddiy tahdid deb hisoblangan denge infektsiyasiga qarshi uzoq kutilgan vaktsina nihoyat Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan boshlang`ich tekshiruvdan o`tkazildi

Takeda tomonidan ishlab chiqilgan TAK-003 - bu denge qo'zg'atuvchisining zaiflashgan shakllarini o'z ichiga olgan virusning to'rtta serovariantidan himoya qiluvchi vaktsina. Preparat uch oylik interval bilan ikki dozada kiritilishi kerak. 

Muvofiqligini baholagandan so'ng, JSST yangi vaktsinani kasallik va yuqtirish darajasi yuqori bo'lgan hududlarda 6 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun qo'llashni tavsiya qildi. Panamerika sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, bu borada eng zaif davlatlar Braziliya (83%), Paragvay (5,3%) va Argentina (3,7%). 

TAK-003 bu kasallikning oldini olishga mo'ljallangan dunyodagi ikkinchi doridir. Birinchisi Sanofi Pasteur tomonidan ishlab chiqilgan CYD-TDV \\ Dengvaxia vaktsinasi.

Ma`lumot uchun: 2023 yilda denge virusidan 5 ming kishi vafot etgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech