11:54 (19.04.2024)

351

Olimlar mashhur ogʼriq qoldiruvchi vositaning xavfliligi haqida ogohlantirdi

Atsetaminofen asosidagi ogʼriq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi dorilar kichik dozalarda ham yurakka zarar yetkazishi mumkin, deb yozadi The Sun Kaliforniya universiteti olimlari tadqiqoti natijalariga tayanib. Mutaxassislarning xulosasiga koʼra, mashhur dori toʼqimalarda oqsillarni oʼzgartiradi, oksidlovchi stressni va toksinlarning toʼplanishini qoʼzgʼatadi.

Doktor Gabriela Rivera: "Biz atsetaminofenni xavfsiz deb hisoblangan darajada - kuniga 500 mg ga teng - muntazam isteʼmol qilish yurak ichidagi bir nechta signal yoʼllarini oʼzgartirishini aniqladik".

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, inson tanasi muammoni yengish va toʼplangan toksinlarni olib tashlashi mumkin, ammo agar preparat uzoq vaqt va katta dozalarda qabul qilinsa, bu funktsiyalar zaiflashadi.

Rossiya Sogʼliqni saqlash vazirligi Terapiya va profilaktika tibbiyoti milliy tibbiy tadqiqot markazi xodimi Olga Kim: kapsulalar, qoplangan tabletkalar yoki uzoq muddatli taʼsir qiluvchi dori-darmonlarni chaynash yoki boʼlish mumkin emas. Uning taʼkidlashicha, bu holda preparatning haddan tashqari dozasi tufayli samaradorlikni yoʼqotishi yoki tanaga zarar yetkazishi mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech