15:06 (12.01.2024)

423

Olmazor tumanida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan dorixona aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman boʼlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda “M.F.” MChJ rahbari K.А. MChJ dorixonasida fuqaro E.X.ga 30 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini shifokor retseptsiz 210 ming soʼmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 1 320 dona “Karbamazepin”, 80 dona “Tebantin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech