17:06 (31.10.2023)

1103

Daraxtlardan tushayotgan barglar sogʼliq uchun zararli deb topildi

Janubiy Karolina universiteti olimlari tushgan barglarni salomatlik uchun zararli deb belgilashdi. Tadqiqot natijalari ES&T Letters jurnalida chop etildi.

Mutaxassislarning fikricha, kuzda daraxtlarning tushgan barglari va ignabargli daraxtlarning ignalari biogen doimiy erkin radikallar (BPFR) manbai hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, chirigan barglar va ignalarning qoplamasi nafas olish yoki yutish paytida sogʼliqqatoksik taʼsir qiladi.

Tadqiqot davomida shotland qaragʼay, manzarali archa, sadr, qayin, qizil chinor va boshqa daraxtlarning barglari tahlil qilindi. Mualliflar ularni changdan tozalashgan, keyin esa ularni 25-35 daraja haroratda quritgan. Har bir sikl oraligʼida ular spektrometr yordamida barglarning tarkibini oʼrgandilar.

Maʼlum boʼlishicha, namunalardagi BPFR darajasi nafaqat saqlanib qolgan, balki namlash va quritishning butun sikli davomida oshgan. Jamoaning taʼkidlashicha, barglardagi moddalar sogʼliq uchun toʼgʼridan-toʼgʼri xavf tugʼdirmaydi. Biroq, ular degradatsiyaga uchraganda, BPFRlar tuproqqa soʼrilishi va keyin shamol yordamida tarqalishi mumkin, bu esaa inson salomatligi va atrof-muhit uchun potentsial xavf tugʼdiradi.

Erkin radikallar sogʼlom hujayralarga zarar yetkazishi mumkin boʼlgan beqaror molekulalardir. Ushbu zarralar organizmda tabiiy metabolizm jarayonida paydo boʼladi va oziq-ovqat va havo bilan ham kirishi mumkin. Qarish va koʼplab kasalliklar erkin radikallar bilan bevosita bogʼliq, chunki ular oksidlovchi stressni kuchaytiradi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech