13:02 (19.02.2024)

1075

Sogʼlom ovqatlanish qanday kasalliklarni oldini olishi mumkin

Oziq-ovqat inson tanasiga zarar yetkazishi va uning sogʼligʼini yaxshilashi mumkin.

Mutaxassislarning fikricha, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun ratsionga meva, sabzavot, don mahsulotlari, yogʼsiz sut mahsulotlari, parranda goʼshti, baliq, yongʼoq va dukkaklilar, oʼsimlik moylarini qoʼshish maqsadga muvofiq.

Xotira muammolari va Altsgeymer kasalligining rivojlanishi B12 vitamini yetishmasligidan kelib chiqishi mumkin. Uning zahiralarini goʼsht, baliq va sut mahsulotlarini isteʼmol qilish orqali toʼldirish mumkin.

Altsgeymer kasalligi oq non, fastfud, qizil goʼsht, shakarli ichimliklar va trans yogʼlarni isteʼmol qilish tufayli rivojlanishi mumkin, deb xabar berdi mir24 nashri. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech