09:00 (15.02.2023)

2198

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining birinchi nashri uchinchi jildi tasdiqlandi

Farmakopeya — bu alohida mamlakatda yoki maʼlum bir xududda ishlatiladigan dori vositalari sifatini taʼminlash uchun qonunan rioya etilishi shart boʼlgan standartlar toʼplamidir.

Zamonaviy farmakopeyalaring asosiy vazifasi — dori vositalari sifatiga umumiy talablarni, shuningdek faol farmatsevtika substantsiyalari, tayyor dori vositalari, yordamchi moddalar, reaktivlar, reagentlar va shu kabilarga qoʼyiladigan alohida sifat standartlarini belgilashdan iboratdir.

Bugungi kunda amalda boʼlgan JSSTning “Jahon farmakopeyalari va farmakopeya organlari indeksi”ga kirgan mamlakatlar roʼyxatida 57 ta mamlakat, jumladan 3 ta hududiy farmakopeya organlari (EI, YeOII va Аfrika mamlakatlari) va 1 ta JSST (xalqaro farmakopeya) aks ettirilgan boʼlib, 2021 yil dekabrdan boshlab Oʼzbekiston Respublikasi ham ushbu indeksga kiritilgandir.

Taʼkidlash joiz, 2023 yil 07 fevral sanasida Oʼzbekiston Sogʼliqni saqlash vazirining 26-son buyrugʼi bilan Oʼzbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining birinchi nashri uchinchi jildi tasdiqlandi.

Mazkur jilddan oʼrin egallagan farmakopeya maqolalari va boshqa maʼlumotlar haqida ushbu havolada batafsil oʼqishingiz mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech