09:00 (29.11.2023)

725

Oʻzbekistonda koronavirusning yangi shtami tarqalgani rostmi?

Soʻnggi paytlarda Oʻzbekistonda koronavirus qaytadan avj olyapti, degan xavotirli audiolar tarqalmoqda. Xoʻsh, haqiqatdan ham koronavirus jonlanyaptimi?

Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatlik qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Rustamjon Ikromov shu kabi savollarga javob berdi.

– Koronavirus infeksiyasi toʻgʻrisida gapirilganda avvalambor havo tomchi yoʻllari orqali yuqadigan barcha oʻtkir respirator virusli infeksiyalarni birgalikda gapirgan maʼqulroq. Sababi koronavirusning yuqish yoʻli aynan shu oʻtkir respirator virusli infeksiyalarning tushish yoʻli bilan bir xil. Uning kechishi ham, ayni kunlardagi shtamlarni yuzaga keltiradigan kasallik turlari ham kasallikning oʻzini kechishi, koʻrinishi bir xil. Shu sababli ham aholi oʻrtasida aynan oʻtkir respirator virusli infeksiyalarni mavsumiy koʻtarilishi davriga kelib ushbu kasalliklarni koronavirus infeksiyasining koʻtarilishi bilan bogʻliq mish-mishlar tarzida tarqatilgan xabarlarning barchasi nooʻrin. Sababi bizda kunlik nazorat olib boriladi va koronavirus infeksiyasi kasalligiga chalinganligi faqat laboratoriya va polimer zanjirli reaksiyalar orqali maxsus tekshiruvlar orqali laboratoriyada tasdiqlanadi.

Shunga koʻra, bir hafta davomida bizda 90 ga yaqin kasallik qayd etilgan butun Respublika boʻylab. Bu esa oʻrtacha olganda 14-15 ta atrofida bir kunda qayd etilayotganini bildiradi. Biroq shu bilan birgalikda biz shu epid mavsum hisoblangan oʻtkir respirator virusli infeksiyalarni eʼtiborga oladigan boʻlsak bu bir haftalik davrda 10 000 dan 11 000 gacha miqdorda kasallik qayd etilyapti. Respublika boʻyicha oʻtkir respirator infeksiyalarning 75-80% foizi Toshkent shahriga toʻgʻri kelyapti. 

Endi bu har yili takrorlanib turadigan va odamlarimizda asosan muloqotning koʻpayganligi va ularning yopiq binolarda uzoq vaqt bemor odamlar bilan birga qolayotgani va bemor oʻsha oʻtkir respirator virusli infeksiyasi boʻlgan taqdirda ham oʻzlarini jamoat joylarida yoki ishga yoki oʻqishga borish jarayonlariga jazm qilayotgan odamlarimizni oʻziga nisbatan talabchanligining susayganligi oqibatida yuzaga keladi. Sababi bu oʻtkir respirator virusli infeksiyalar havo tomchi orqali yuqadi. Shu sababli ham bu kasallik tez tarqaladi va odamlar oʻrtasida shu mish-mishlar kelib chiqishiga sabab boʻlyapti.

Oʻlim holatlari kuzatilyaptimi?

– Umuman oʻlim holati yoʻq. Hattoki shu oʻtkir respirator virusli infeksiyalarda ham oʻlim holati yoʻq. Sababi kunlik nazorati va haftalik hisoboti yuritiladi.

Aholi nega koronavirus boʻlsam kerak degan bir taxminni ilgari suryapti. Grippning qaysi shtami kechyapti hozir? Uning simptomlari qanaqa?

–Dunyo boʻyicha ilmiy tekshirishlar oxirgi berilayotgan maʼlumotlarga qaraladigan boʻlsa, albatta, har yilgi oʻtkir respirator virusli infeksiyalarni turli qoʻzgʻatuvchilar yuzaga keltiradi. Ularning ham, yaʼni virus qoʻzgʻatuvchilarning ham yangi-yangi shtamlari yuzaga kelyapti. Bu esa oʻz navbatida kasallik kechishini biroz oʻzgartishi mumkin. Shu sababli ham endi fuqarolarimiz oʻrtasida men koronavirus boʻlsam kerak, chunki oʻtgan yili gripp chalinganimda boshqacharoq boʻlgan edi. Virus esa boshqacharoq belgilar bilan yuzaga kelyapti. Bu koronavirus boʻlsa kerak, degan shubha bor. Lekin agar shunday shubha boʻladigan boʻlsa fuqarolarimizdan soʻrardik, butun Respublika boʻylab koronavirusni tashxislash uchun laboratoriyalarimiz ishlab turibdi. Yetarlicha diagnostika uskunalari bilan taʼminlangan. Shu joyga agar namuna topshiradigan boʻlsa, u tahlildan oʻtkazilib koronavirus bor-yoʻqligi aniqlanadi.

Grippning qaysi shtami Oʻzbekistonda mavjud? Avvalgilaridan nimasi bilan farq qiladi? 

— Bizda oʻtkir respirator virusli infeksiyalar aynan gripp va grippga oʻxshash kasalliklar va bu bir necha yillardan buyon davom etib kelayotgan dozer epidimiologik tekshiruv degan bir tartibda tekshiruvdan oʻtkaziladi, yaʼni ushbu kasalliklarning ogʻir-yengilligiga qarab ulardan olingan namunalar bizda va tegishli virusologik laboratoriyalarimizda tekshiruvdan oʻtkaziladi. 80 foizga yaqin natija shuni koʻrsatyaptiki, grippning A turi, yaʼni har yili uchraydigan turi uchrayapti. Lekin yuqorida aytib oʻtgan bitta turni qaysidir yilda boshqacharoq belgilari yaqqolroq namoyon boʻlgan boʻlsa, keyingi yilda boshqacharoq belgilari ustun boʻlishi mumkin. Shu sababli ham odamlarimizda shubha boʻlyapti. Bu hammasi aynan shu gripp va grippga oʻxshash kasalliklar va uni chaqiruvchi oʻsha gripp virusi maʼlum foizlarda grippning A turiga toʻgʻri keladi. Va uni ogʻirroq oʻtadigan turlari esa 1 foizgayam yetmaydi. Va ularni oʻsha statsionar ravishda borib yotib davolanish kerak.

Bizda koronavirusning koʻproq omikron shtami uchrayapti. Grippning A virusi oʻxshashligi qanaqa? Simptomlarni qanday farqlasa boʻladi?

— Grippni bu tipi ham, koronavirus ham bir xil belgilar bilan namoyon boʻladigan kasallikni chaqirishi mumkin. Uni hozirgi aytib oʻtgan maxsus diaagnostik uskunalar bilan ajratib olinadi, xolos. Belgilari bu dastlabki yoʻtal, aksirish, tana haroratining koʻtarilishi, holsizlik va qaltirash, odamda sovuqsirash. Shunga oʻxshagan belgilar ikkalsida ham uchrashi mumkin. Bugungi kunda 17 foiz bemorlarda ikkala infeksiyaning barobar kelishi, yaʼni mixed uchrash holati bor. Bu ikkala infeksiya ham organizmda kasallik chaqirgan hisoblanadi va ikkalasi ham laboratoriya tahlilimizda tasdiqlangan.

Ularni davolash choralari qanaqa?

—Davolash choralari boʻyicha, demak, milliy qoʻllanmalar asosida protokollar ishlab chiqilgan va protokollarga asosan, bizda bugungi kunda dunyo mamlakatlari ichida anchagina samarali boʻlgan koronavirusni davolash protokollari mavjud. Bu degani ushbu kasallikka chalingan taqdirda ham uni davolash uchun yetarlicha bizda ijobiy holatlar bor.

Agar grippning A virusi bilan kasallangan boʻlsa, qaysi dori vositalarini qabul qilgan maʼqul?

—Buni oʻz-oʻzidan bitta dorining nomini aytishdan men yiroqman. Agar bemor oʻzida shu kasallik belgilarini sezadigan boʻlsa, albatta, oʻzi yashab turgan davlat profilaktika muassasalaridagi shifokorlardan maslahat olishi va ularning tavsiyasiga amal qilishi shart.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech