09:02 (06.12.2023)

971

Oʼzbekiston aholisining yarmi ogʼir vaznli, 20 foizi semiz hisoblanadi – tadqiqot

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti bilan birgalikda Oʼzbekiston Respublikasining 18-64 yoshdagi aholisi oʼrtasida oʼtkazilgan tadqiqot natijalari eʼlon qilindi.

Unga koʼra, har kuni aholining uchdan ikki qismi (67 foiz) yetarli miqdorda (400 grammdan kam) sabzavot va mevalar isteʼmol qilmaydi;

- aholining yarmi ogʼir vaznli, 20 foizi semiz;

- 46 foizining qonida xolesterin miqdori oshgan;

- aholining oʼrtacha tuz isteʼmoli kuniga 14,9 grammni tashkil etadi.

Bu Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan miqdordan 3 baravar koʼp (kuniga 5 grammdan oshmasligi lozim) deganidir.

Аholi oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʼullanishiga jalb etish muhim ahamiyatga ega.

Shu oʼrinda taʼkidlash kerakki, jismoniy faollik hamda ovqatlanish meʼyor va qoidalariga amal qilmaslik, yaʼni tarkibida tuz, qand, yogʼ miqdori koʼp boʼlgan taom va shirinliklarni meʼyoridan ortiq isteʼmol qilish, shuningdek, yetarli darajada vitamin va minerallar isteʼmol qilmaslik:

- yoshlarda ratsional oʼsish va aqliy rivojlanishda ortda qolishiga,

- kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli oʼsma kabi insonning erta oʼlimiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab boʼladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech